Kundalik
28 oktyabr 2015

Carlavhasiz qoralama

Sutkalab svet yonmaydigan, gaz o‘tkazilgan holatda, gazni trubasidan havo ham kemaydigan qishloqda, dvijok yoqib o‘tirganizda, xayolingizni bo‘lib, televizordan yonayotgan gazni, yonib turgan chiroqni ko‘rsatib, ekran ortidan bir olifta diktor «Hurmatli yurtdoshlar, iste'mol qilingan gaz va elektr energiyasini haqqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang»- desa dod deb yuborgingiz kelarkan.
Gaz trubasi tortilib, ammo gazi uzilgan va elektr energiyasi sutkalab yonmaydigan, yonsa ham sutkasiga bir-ikki soat yonadigan qishloqlardagi, kichikroq shaharlarda yashaydigan xalqim kuzning bu sovuq kunlarida, oldinda turgan qishning qahratonlarida sizlarga Allohim sabr bersin.
Sizlarni haqqingizni o‘zlashtirib, «davlat manfatini» bahona qilib sizlarning haqqingiz bo‘lgan gazni yon atroflardagi davlatlarga, elektr energiyasini esa Afg‘onistonga berib yuborayotgan yebto‘ymas yuholarga Allohni O‘zi kifoya qilsin.
Kifoya qilsin!
Kifoya qilsin!
Bilaman hozir bu gaplarni o‘qib «shukr qilsangchi, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo»-deb, issiq o‘rinda o‘tirgan bir nasihatgo‘y ham chiqadi.
Xudoga shukr, Alhamdulillah tinchmiz, ammo man o‘zimni o‘ylab bu gaplarni yozmayapman. Yoki kuchi ko‘p, beli baquvvat yosh-yalanglarni ham o‘ylamayapman. Balki bu yurtning keksalari, go‘daklari, emizadigan bolasi bor onalari, kasalu-bemorlarini o‘ylab, azbaroyi ularning aksariyatini sovuqda chora topolmay qiynalib yurgan, nochor ahvolini ko‘rib yozayapman.
Bir paytlar yosh bola paytimizda qish kelaversa «Xudo hohlasa kunlar sovub, qor yog‘sa, mazza qilib chana uchamiz, qorbo‘ron o‘ynaymiz»- deb xursand bo‘lardik. Endi-chi, endi hozirgi bolalarda esa, kuz oxirlab, qish kelaversa ko‘zlarida mungni ko‘rasiz. Ha gazsiz, svetsiz, ko‘miru o‘tinsin sovuqlarda qolib ketayotgan bolalar ko‘zidagi mungni ko‘rasiz. Ulardan qishni zavqini so‘rab o‘tirmang. Chunki sovuqligi uchun qishni baribir yoqtirishmaydi.
Shahar joylaridan, yoki gazi yonadigan ayrim joylardan qishloq joylariga qish paytida mehmonga borganlar katta bir oilani bitta xonaga tiqilib yotishini ko‘rib hayron bo‘lib ketganlar, yoki mehmonga borib sovuq xonada zo‘rg‘a jon saqlab tong ottirib qaytganlar bor.
Xo‘sh u bechoralar nima qilsin? Hamma xonalarni isitay desa xonadoniga tortilgan gazni trubasini bo‘shab yotganiga o‘n yildan oshgan bo‘lsa, ko‘mir, o‘tin qimmat bo‘lsa, tomorqasidagi dov-daraxtlardan chiqadigan shox-shabbalar yozdayoq qozon-o‘choqni tagida yonib ketgan bo‘lsa, hovlisidagi mevali daraxtni kesib yoqishga ko‘zi qiymasa, nima qilsin?
Qani bu muammolarga bu yurtning qaysi bir «egasi» javob beradi?
Yoki qaysi bir «kattasi» javob beradi.
O‘zi ularning, javob bera oladigan bironta TIRIGI bormi o‘zi?
Qarg‘ish yomon narsa, ha qarg‘ish yomon narsa, ammo bu xalq qarg‘ish yomon bo‘lsayam qarg‘ayapti, ha yomon qarg‘ayapti.
Ko‘pni qarg‘ishini olish yomon.
Ha ko‘pni la'natini, qarg‘ishini olish yomon. Ammo ayrimlar bu qarg‘ishni olayapti.
Xudodan ham qo‘rqmay, ko‘pni la'nati va qarg‘ishi sababli Xudo urib qo‘yishidan ham qo‘rqmay, olayapti.
Bu esa yomon, ha yomon!
Bir kun shu sababli Xudo urib qo‘ygani yomon!
Shundan ehtiyot bo‘linglar hoy «ayrimlar»! Ha ehtiyot bo‘linglar!

G‘ayrat Yo‘ldosh,
(Feysbukdagi muallif)
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 mart 2022
Xonanda va muxolifat faoli Jahongir Otajonovning Ozodlik radiosiga 18 mart kuni bergan intervyusi O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmatida katta xavotir ...
19 noyabr 2018
Ijtimoiy tarmoqda Namanganning 5-mikrorayonida qurilayotgan Eyfel minorasi nusxasining dastlabki fotosuratlari paydo bo‘ldi. Parijning mashhur Eyfel minorasi nusxalarini bugungi kunda ...
28 noyabr 2015
Umida Ahmedova Eltuz.com Toshkentda “Osiyo ramzi” raxbariyati ostida «Modalar haftasi»ni tiklashdi, ko‘rsangiz g‘irt “a lya biz ham bormiz” usulida. ...
9 mart 2020
Koronavirus: Men ham kirsam maylimi? Eshikbon: Prezidentimiz koronavirusni kiritmanglar, deb buyurgan! Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
30 sentyabr 2023
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina ...
27 sentyabr 2023
Bugun Rauf Parfi nomi eslanarkan, uning asl shogirdlari bilan bir qatorda ustozning nomiga suykanib, «bir ...
25 sentyabr 2023
Jonibek degan ovqat eltuvchining AQShda klient xotinnig emchagini ezg‘ilagani uchun qamalib, 20 ming do‘llar ishtrap ...