Noqonuniy dori-darmon savdogarlari qo‘lga olindi
O‘zbekiston dorixonalarda sotiladigan dori-darmonlarning anchagina qismi noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishi yoki qalbaki ekani to‘g‘risida ko‘p aytiladi.
«Diyonat» gazetasi mana shu aytuvlarda jon borligini tasdiqlovchi maqola e'lon qildi.
Unda aytilishicha, qirg‘izistonlik tanishi bilan kelishgan o‘zbekistonlik ikki fuqaro yurtimizga muayyan haq evaziga qo‘shni davlatdan katta miqdordagi dori-darmonni noqonuniy ravishda o‘tkazib berishga rozi bo‘lgan.
O‘zbekistonlik fuqarolar beshta eshakka dori-darmonni ortib, aylanma yo‘llar bilan qirlar oralab o‘tayotganda chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan.
Ulardan 19 turdagi 4364 ta, umumiy qiymati 62 million so‘mlikdan ortiq dori-darmon musodara qilingan.
Jinoyatchilardan biri 8 yilu 1 oy, ikkinchisi 6 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Eltuz.com