chorshanba,
18 dekabr 2024
11 yanvar 2016
Piket uchun ushlanganlar qo‘yib yuborildi
Bugun Prezident rezidentsiyasi oldida piket o‘tkazganlari uchun olib ketilgan namoyishchilarning soat kechki 22.00 da qo‘yib yuborilgani xabar yetib keldi.
Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, ushlangan piket namoyishchilar kechki 22.00 gacha bir xonada ushlab o‘tirilgan.
Andijondan va Toshkentdan kelib o‘z huquqlarini talab qilayotgan fuqarolarga, mahalliy idoralarga murojaat etishlari tushuntirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun 11 yanvar kuni prezident rezidentsiyasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazishga chog‘langan Inson huquqlari alyansi lideri Yelena Urlaeva boshchiligidagi olti nafar piket ishtirokchilari ushlab olib ketilgan edi.
Eltuz.com