Kundalik
1 may 2016

Istanbullik yigit o‘zbek ayolni urib o‘ldirdi

Istanbulning Boshoqshahar (Başakşehir) mavzesida yashaydigan 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) 29 aprel oqshomida o‘z sevgilisini o‘ldirganiga iqrorligini aytib politsiyaga taslim bo‘ldi.

“Har kuni urardim, ammo nega bugun o‘lganini tushunmay qoldim” dedi politsiyaga o‘z oyog‘i bilan kelgan muxtamal qotil.

Bu e'tirof ortidan Ziyo Go‘kalp mahallasidagi Azizning uyiga borgan politsiya guruhi u yerda bir ayolning jonsiz tanasini ko‘rishdi.

Aniqlanishicha jasad O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonovaniki bo‘lib chiqdi. Ba'zi turk nashrlari maqtulning ismini Nuborakhon tarzida ham yozishdi.

Politsiya vakillarining matbuotga bildirilishicha marxumaning badani kaltaklarardan mo‘matalaq bo‘lib ketgan va ba'zi joylari esa yorilib ketgan.

Xotinni o‘ldirganlikda gumon qilingan Azizning politsiyaga aytishicha “O‘rtada gap qochgan va mushtlar ishga tushgan”

“Bir musht uruvdim yiqilib yerga tushdi. Hushidan ketdi deb o‘yladim. Zotan har kuni urardim uni, tayoqdan keyin hushiga kelib yig‘lab siqtab yuraverardi. Bu safar qattiqroq urdim chog‘i o‘lib qoldi”, deya e'tirof qiladi gumondor.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, o‘zbek ayolni o‘ldirishda gumonlangan Turkiya vatandoshi 55 yashar Aziz Cholishqon muqaddam bir nechta jinoyatlar sodir qilib jazo o‘tagan va politsiya nazoratida turgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 mart 2018
Chorak asrdan buyon paxtachilik va sanoatning u bilan bog‘liq tarmoqlari rivojlanmaydi. Chunki paxtaning asosiy qismi kimlarningdir orqasiga qo‘yishga ishlatilib ...
26 yanvar 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
25 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning «Imperativ» kitobining davomi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Boshi “Eltuz” ning “Imperativ” ruknida. Davomi ...
28 avgust 2018
Tez kunlarda O‘zbekistonda ommaviy paxta terimiga start beriladi. Ammo bu yilgi mavsum ham hokimiyat amaldorlarining qonunbuzarliklari ostida o‘tishiga ishoralar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...