Dayjest
23 may 2016

Birjada arzon, biroq buning bozorga dahli yo‘q

Havo isishi bilan siqilgan gazning birjadagi narxi arzonladi, biroq bu narxlarning axoliga dahli yo‘q. So‘nggi oylarda birja bozorida siqilgan gazning o‘rtacha bahosi 26 foiz tushdi. Bir tonna siqilgan gazning bahosi 1,6 million so‘mni tashkil etdi.

Bu haqda xabar bergan «Pravda vostoka» gazetasining yozishicha, yil boshida siqilgan gaz narxi 2-2,2 million so‘m bo‘lgan. Bunga sabab yanvar va fevral oylarida birja savdosiga chiqarilgan siqilgan gaz hajmi kam bo‘lganidir.

O‘zbekistonda siqilgan gazning asosiy ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining umumiy savdo hajmidagi ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizdan 28,5 foizga tushgan. Yana ikki ishlab chiqaruvchi esa savdoga chiqarilgan mahsulot hajmini 5 foiz oshirgan.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda siqilgan gaz narxi sezilarli tushgan. Ammo asosiy iste'molchilardan bo‘lgan oddiy aholi buni his qilmayapti. Chunki ular uchun narxlar tushgani yo‘q. Bu esa O‘zbekitonda bozor iqtisodiyoti tizimi ishlamayotganidan darak beradi.

Xuddi shu holatni shakar misolida ham ko‘rish mumkin. Ayni paytda O‘zbekistonda bankalarga kompot va murabbo yopish mavsumi boshlandi.

«Pravda vostoka»ning bildirishicha, Davlat monopoliya qo‘mitasi mavsumda shakar yetishmovchiligining oldini olishga doir chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Xususan, mamlakatdagi asosiy ishlab chiqaruvchilar – «Xorazm shakar» va «Angren shakar» korxonalari mahsulot hajmini oshiryapti.

Yanvardan aprel oyigacha bu korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,6 foizga oshirgan.

Shunga qaramay, bu chora-tadbirlar ish bermayotgan ko‘rinadi. Chunki yaqindagina bozorlarda Angren shakari 2800 so‘mdan, Xorazm shakari 3200 so‘mdan sotilayotgandi. Monopoliya qo‘mitasining «chora-tadbirlari» natijasi bo‘lsa kerak, bugungi kunda Angren shakarining ulgurji bozordagi narxi 3200 so‘mga, Xorazm shakariniki esa 3500 so‘mga chiqdi. Chakana savdoda narxlar bundan ham ko‘proqqa qimmatladi.

Balki monopoliya qo‘mitasi «chora-tadbir» ko‘rmaganida bozorda shakar narxi ko‘tarilmasmidi, degan istiholaga boradi kishi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 oktyabr 2022
Indorama Agro kompaniyasining xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan O‘zbekistonda paxta yetishtirish loyihasi mehnat, fuqarolik va atrof-muhit huquqlarining buzilishi bilan ...
17 avgust 2016
Rassom: Tuz Eltuz.com
28 oktyabr 2015
Ertalab bir qo‘shnimnikiga oshga chiqqandim. Bir katta jome-masjidining imom-xatibi xam kelibdi. 30-35 yoshlardagi yigit ekan. Juda chiroyli gaplarni gapirib ...
28 yanvar 2017
Mustaqil o‘zbek publitsisti Shuhrat Salomov Armani va Ozarbayjon jamiyatining o‘zaro milliy ziddiyatlari ostida qoldi. 24 yanvar kuni o‘tgan asrlarda ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...