Kundalik
15 iyun 2016

Turkiyada uch o‘zbekistonlik IShID faoli qo‘lga olindi

Qo‘lga olinganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarosidir.

Qaxramonmarash politsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra IShID terror tizimi faollariga qarshi qaratilgan tadbir davomida qo‘lga olingan o‘zbeklar adliya qaroriga ko‘ra mahkamagacha qamoqda o‘tiradi.

Qaxramonmarash IIB Terrorga qarshi mujodala sho‘basining qora niqob taqqan xodimlari shaharning Vodiy va Yunus Emro mahallalaridagi IShID faollari yashaydigan ikki manzilini bosdi.

O‘zbekiston fuqarolari E.C, K.H. va K.A adliyada qisqa so‘roq qilinganidan so‘ng hibsxonaga jo‘natildi.

O‘zbekiston fuqarolariga “Terror tarmog‘iga a'zo bo‘lish” aybi qo‘yildi.

IShID tarmog‘i asosan toliblar va boshqa xorijiy jangarilar hisobidan mintaqada o‘ziga yuzlab yangi tarafdorlar ortdirishga muvaffaq bo‘lgani aytiladi.

Ayni shu manzarada IShID guruhi saflariga borib qo‘shilayotgan markaziy osiyolik fuqarolarga oid ilk rasmiy raqamlar ham e'lon qilindi.

Jumladan, Xalqaro Inqiroz Guruhi ularning soni ikki mingtadan to‘rt mingtagacha bo‘lishi mumkinligini aytib chiqdi.

Ayni mavzuni tadqiq qilgan qator xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida esa, Suriya va Iroqda jang qilayotgan markaziy osiyoliklar aksariyatining o‘zbeklar ekani taxmin qilindi.

Amerika Josuslik Xizmatining qo‘shma hisobotida esa, IShID guruhi saflaridagi fuqarolarining soni bo‘yicha O‘zbekiston kechayotgan yilda Rossiya bilan birga ro‘yxatning yuqori qatorlaridan joy olgan ikkita sobiq Sovet davlatidan bittasi bo‘ldi.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2021
Rost24 nashri deputat Safar Ostonovning qonunga xilof tarzda gazeta bosh muharriri bo‘lib qolayotganiga e'tibor qaratdi. Maqolada bildirilishicha, Safar Ostonov ...
27 aprel 2023
O‘lmasni xudoy, sinmasni kulol yaratmas. Odam ham qariydi. Shu bois pensiya yoshi belgilangan. Ëshi bir joyga borgan odam davlatni ...
27 sentyabr 2017
Axmadjon Odilov 27 sentyabr kuni ertalab, soat 5.30 da 92 yoshida olamdan o‘tdi. Janozasi G‘urumsaroyda soat 4 da bo‘lishi ...
27 iyul 2017
Telekanaldan yoshlar «hidini chiqarish» uchun «boshliq» qilib tayinlangan xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ketganligini har kim har hil talqin qilmoqda. ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...