Kundalik
24 iyun 2016

Istanbulda o‘zbek fuqarosining 1 million 900 ming dollarini qaroqchi urdi

Istanbul politsiyasiga ko‘ra, 23 iyun kuni tushlik paytida Istanbulning Yenibosna mavzeida O‘zbekistonlik tadbirkor (balki mulozim) O.Ye. yo‘lto‘sar qaroqchilar hujumiga uchragani borasida shikoyat qayd qilingan.

rasm1591
O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatida noqonuniy pul transferi mavjudmi?

Aytilishicha O‘zbekiston fuqarosi O. Ye. Toshkent-Istanbul uchog‘i vositasida O‘zbekistondan keltirilgan bir million to‘qqiz yuz ming naqd dollarni Otaturk aeroportidan olib o‘z mashinasida shahar tomonga yurgan.

Avtomobil Yenibosna (Yenibosna) mavzeiga yaqinlashganda qurollangan uch yo‘lto‘sar tarafidan kurshovga olinib to‘xtatilgan.

Oldin ta'qib so‘ngra talon

Talonchilar O‘zbekiston fuqarosini peshonasiga to‘pponcha tirab pul solingan sumkani tortib olib qochib ketishgan.

O‘g‘irlik atrofdagi xavfsizlik kameralari nigohiga tushdi. Videotasvirlarni taxlil qilgan turk politsiyasi talonchilar o‘zbek puldorini aeroportdan boshlab ta'qib qilgani va qulay payt kelgani hamon talonchilikka o‘tganini bildirdi.

Voqea yuzasidan surishtiruv boshlangan.

rasm1593
Istanbul-Toshkent reysi atrofida shubhali atmosfera hukm suradi

Eltuz.com muxbiri ikki million dollarga yaqin naqd pulning qanday qilib Toshkent aeroporti bojxona nazoratidan o‘tgani bilan qiziqib O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatining Istanbul Ota-turk aeroportidagi vakiliga savol berdi.

Vakil javob bera olmasligini bildirish bilan kifoyalandi.

O‘zbekistondagi qoidalarga ko‘ra, fuqaro o‘z yonida faqat ikki ming dollargacha bo‘lgan miqdordagi naqd valyutani olib chiqa oladi.

Istanbulda “o‘zbek puldorining talanishi” voqeasi O‘zbekiston bojxona va MXX chegara qo‘shinlari hamda O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatida “naqd dollarni transfer” qilish bo‘yicha noqonuniy koridor mavjud degan ehtimolga dalil bo‘la oladi.

Ayni voqea “chinozlik Ahmadboyning millionlari qaerga ketdi?” degan savolga ham ip uchi bo‘lishi mumkin.

So‘z navbati O‘zbekiston prokuraturasiga.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 fevral 2017
28 fevral kuni dollarning rasmiy kursi deyarli 50 so‘mga qimmatladi, real kursi esa 7000 so‘mdan oshib ketdi. Dollaruz.Com saytiga ...
28 iyun 2022
28 iyun Eltuz portaliga kelayotgan shikoyatlar oqimini kuzatamiz. Ular odatdagidek turli mavzularda. Hullas, tashqarida yoz. Shofirkonda daydi itlar qo‘ylarni ...
22 oktyabr 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
27 oktyabr 2021
O‘zbekistonda kriminal «avtoritet» sifatida ko‘riladigan 71 yoshli “tadbirkor”  Salim Abduvaliev​ qozog‘istonlik jurnalist Nursait Jilqichiboyga o‘zining Toshkent va Bo‘stonliqdagi qarorgohida ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...