Kundalik
24 iyun 2016

Teatr ko‘chasida ro‘y bergan “o‘zbek fojeasi”

21 iyun kuni o‘shlik Rustamjon Turg‘unov ismli 33 yashar o‘zbek o‘zi bilan birga Fotixdagi arzon mehmonxona (Malabadi Beyazit Hotel)da yashagan to‘shakdoshi 44 yashar o‘zbekistonlik Gulchehra Mahamadjonovaning tomog‘iga pichoq tortti.

Dod-voy boshlanib mehmonxonaga politsiya kirib kelganida Rustamjon ayni pichoq bilan bilak tomirlarini kesib tashladi.

Istanbul politsiyasi tarqatgan habarga ko‘ra voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan tez yordam mashinasi, qoniga belangan ikki o‘zbekni kasalxonaga yetkazgan.

Yarador juftlikning ahvoli og‘ir ekani ham aytilmoqda.

Eltuz.com muxbiri voqea sodir bo‘lgan mehmonxona hodimi bilan gaplashdi. Hodimning aytishicha hodisa soat kunduzgi uchlarda sodir bo‘lgan:

«Bularni oteldan chiqadigan vaqti kelgan edi. O‘zi soat 12 da hisob-kitob qilib ketishlari kerak edi. Chiqavermagach, xabar olay deb eshikni qoqdim. Eshik ochiq ekan ichkari kirdim. Qarasam hamma yoq qon. O‘rtada o‘zbek xotin qora-qonga belanib yotibdi. Darxol politsiya chaqirdim, juda ko‘p politsiya keldi. Uchta mashinada kelishdi», – deydi suhbatdosh.

Istanbulning Teatr ko‘chasidagi mehmonxonasida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Fotih mavzesi politsiyasi surishtiruv olib bormoqda.

Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni to‘ldirgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bugungi kunda tirikchilik ilinjida Turkiya shaharlarini ham “ishg‘ol” qilmoqda.

Rossiya matbuotida yoritilaverib siyqasi chiqqan “jinoyatchi o‘zbek” mavzusi shu kunlarda turk matbuotiga ko‘chmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 mart 2021
“Bilasizmi,” – deydi U sizga tikilib, – Nechun «Erk» deganda, Qushning nomin bog‘lab aytarlar, “Qushday erkinman”, deb aytarlar nega? ...
8 noyabr 2023
Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasida boy otaga nechanchidir xotin bo‘lgan ayolning emizikli bolasini kundoshi qaynoq suvga cho‘kdirib o‘ldiradi. Oybekning ...
8 oktyabr 2018
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi va uning ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonovning kutilmaganda lavozimidan ozod qilinishi ortidan bu shaxs to‘g‘risida ...
26 oktyabr 2020
Hammani turli to‘lovlarga majburlaydigan Majburiy to‘lov byurosi xodimlarining o‘zi majburiy paxta terimiga majburlanmoqda.  “Majbur” so‘zi ustida qurilgan bu gap ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...