Dayjest
14 iyul 2016

Deputatlar saylovchilar ko‘ngliga taskin berib qaytdi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan parlamentga saylangan deputatlar o‘n kuncha o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilari bilan uchrashgan.

Bu uchrashuvlarda ular nima qilgani bilasizmi? Bilmasangiz, «Milliy tiklanish» gazetasini o‘qing, hammasini ochiq-oshkora yozgan.
Xususan, O‘zMTDK fraktsiyasi a'zosi Feruza Ibragimova Kogon saylov okrugida bo‘lib, saylovchilari bilan uchrashuvda prezidentning mustaqillik bayramining 25 yilligini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori «mazmun-mohiyati va qaror ijrosi haqida atroflicha fikr yuritgan».

Mustaqillik bayramini saylovchi o‘z imkoniyati darajasida qanday xohlasa, shunday o‘tkazaveradi. Ammo bayramni qanday o‘tkazishni Toshkentday joydan kelgan deputat ko‘rsatishi shartmikin?

«Bayramshunos» deputatning hamkasbi Akmaljon Jumaboev esa Andijondagi uchrashuvda «saylovchilarni qiziqtirgan masalalarga alohida e'tibor beribdi».

Ya'ni bayram haqida falsafa so‘qmay, «elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq masalalar Namangan viloyatida barpo etilayotgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stantsiyasi to‘liq ishga tushgach, yechimini topishi»ni ma'lum qilib, hech bo‘lmaganda xalqning ko‘ngliga taskin berib kelibdi.
Yana bir «milliy tiklagich» deputat Azamat Pardaev Samarqandning Paxtachi tumanidagi uchrashuvdan o‘z foydasiga xulosa chiqaribdi.

Uning aytishicha, «saylovchilar bugun o‘z vakiliga katta ishonch va umid bilan qarayapti».

Buni o‘zini o‘zi ishontirish deydilar. Deputat o‘zini shunday deb ishontirmasa, saylovchilar unga ishonishiga birov ishonarmidi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 mart 2020
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi. ...
12 fevral 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 43-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) MOSYo TEST BILAN ...
15 noyabr 2016
O‘zbekiston matbuotida feleton janri deyarli yo‘qolib bo‘lgan, desak yanglishmaymiz. Bosma nashrlardagi bu nuqsonni elektron OAV to‘ldirishga urinyapti, shekilli. So‘nggi ...
18 dekabr 2017
«Paxtaga borasan, deyishdi. Agar bormasang, arizangni yoz yoki o‘rningga odam jo‘nat, deyishdi. O‘zimizning ishimiz qolib, bir oydan ko‘p paxta ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...