Kundalik
19 iyul 2016

Buxarboevalarga hamdardlik

Bugun O‘zbekistonning taniqli va jasur jurnalistlari bo‘lgan Galima va Bagila Buxarboevalarning onalari Manzura Buxarboeva vafot etgani haqida xabar topdik.

Manzura opa 71 yoshida vafot etdi. Uning uzoq vaqt kasal yotgani va bundan bir necha kun ilgari vafot etgani haqida eshitdik.

Uzoq yillik do‘stlarim va hamkasblarim Galima va Bagilaga hamdardlik bildirarkan, o‘tgan suronli davrni esladik.

Ulug‘bek Haydarov: Jurnalist Galima Buxorboevaning onasi Manzura opaning olamdan o‘tgani xaqidagi xabar Vankuverga yarim tunda yetib keldi.

Oshxonaga tushib, turk qahvasi xozirladim va Manzura opa bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvimizni xotirladim. 2006 yilning 8 noyabrida, Navoiydagi zonadan ozodlikka chiqdim.

3 oylik mahkumlik davridagi ruhiy va jismoniy qiynoqlar xibsda unchalik o‘zini sezdirmagan bo‘lsada, ochiqqa chiqqanimdan so‘ng deyarli to‘shakka mixlab qo‘ydi. Shifokor nazoratida o‘n kuncha uyda davolandim.

Biroz o‘zimga kelgach, xorijiy davlatlarning Toshkentdagi elchi va konsullari birin ketin uchrashuvga chaqira boshlashdi.

Ana shunday kunlarning birida, Manzura opa meni uylariga taklif qilib qoldi. Avvalari xam Galima Buxarbaevaning xonadonida ko‘p bo‘lganman. Manzura opa bilan turli mavzularda ko‘p suxbatlashganmiz.

Fikrlashi keng, madaniyatli va o‘qimishli bo‘lgan Manzura opa o‘zining pazanda ekani bilan ham yodimda qolgan.

Xullas, uylariga chaqirgach, bordim. Meni ko‘rib, ko‘zlariga yosh paydo bo‘lgan va «Juda ozib ketibsana» degandilar. Oqsoqlanib yurishimni ko‘rib, «Zudlik bilan oyoqlaringni rentgenga tushirish kerak» dedilar va qayoqqadir telefon qildilar.

Gaplashib bo‘lgach, «Davay, yaxshi bir tanish vrach travmatolog bor. Unga, meni ukam kelgan, oyog‘ini rentgen qilish kerak dedim. Tez bo‘l, borib kelamiz» dedilar. Taksi chaqirdilar va biz 15 daqiqa ichida o‘sha travmatolog oldiga yetib bordik.

Ishimiz tez bitti: shifokor yigit Manzura opaning «ukasi»ni navbatsiz qabul qildi. Manzura opaning xavotiri bejiz emas ekan. Rentgen suratlari o‘ng oyog‘imning tovoni suyagida darz borligini aniqladi. Shifokor rentgent suratlarini ko‘rib, «Manzura opa, ukangizni vaqtida olib kelibsiz.

Tovon suyagidagi darz xavfli. Agar chora ko‘rilmasa, darz orasiga et bitib qoladi va keyin faqat jarroxlik amaliyoti bilan davolanishga to‘g‘ri kelardi» degan edi o‘shanda. Manzura opaning xarakati bilan amalga oshgan muolaja tufayli, tez orada oyoqlarimni bemalol bosib yuradigan bo‘ldim.

Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, olis Kanada menga boshpana bergach, bu yerda yana bir marotaba shifokorlar ko‘rigidan o‘tdim. Bir vaqtlar Manzura opaning tanish travmotologi bergan ma'lumotnoma va rentgent suratlarini ularga berdim. «O‘z vaqtida malakali shifokorga ko‘ringan ekansan, aks xolda xozir ancha qiynalgan bo‘larding» degandi doktor Xansen o‘sha rentgen suratlarini ko‘rib…

Joyingiz jannatda bo‘lsin, mexribon va munis Manzura opa…

Qudrat Bobojon: Men Manzura ayaning Toshkentdagi «Bolalar dunyosi» binosi tepasida joylashgan uyida bir necha bor mehmon bo‘lganman, u meni yaxshi tanir, menda ham ular yuksak madaniyatli bir oila sifatida taassurot qoldigan edi.

Buxorboevalarning bizning oilaga mengzaydigan tomoni 2014 yili vafot etgan Buxarboevalarning otasi Sulaymon Buxarboev ham Davlat teleradiokompaniyasida, mening otam, raxmatlik Rajabboy Bobojonov kabi jurnalist bo‘lib ishlagan, chin ma'nodagi professional jurnalistlarni voyaga yetkazgan…

O‘lim haq… Men bugun oilamiz va jurnalist do‘stlarim, hamkasblarim nomidan buxarboevalarga o‘z ta'ziyamni bildiraman, Manzura opani Olloh rahmat qilsin, yaqinlariga sabr bardosh tilayman.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 avgust 2022
Eltuz portalining bugungi sonidan 5 ta shikoyat va bitta rasmiy munosabat o‘rin olgan. Dastlabki shikoyat telegram messenjeridagi firibgarlik haqida. ...
2 fevral 2017
Shu kunlarda Andijon shahrida turli maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Yo‘l yoqalarida ohak to‘la chelak, supurgi ko‘tarib ko‘cha ...
9 may 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 9 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. Putin Markaziy Osiyoda o‘z ta'sirini ...
3 noyabr 2017
So‘nggi vaqtlarda rus mulozimlarining O‘zbekistonga tashriflari ko‘paydi. Shu kunlarda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov yurtimizda bo‘lib turibdi. MDH mamlakatlari ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...