Kundalik
2 sentyabr 2016

Karimovdan keyingi O‘zbekiston

Konstitutsiya chekloviga qaramasdan 27 yil prezidentlik lavozimida o‘tirgan Islom Karimov dafn qilinar ekan, undan keyin kim bo‘ladi degan savol o‘rtaga chiqdi. Sovet tarixini bilganlar “Kim janozani tashkil” qilsa o‘sha rahbar bo‘ladi deyishmoqda.

Demak respublika Bosh vazir Shavkat Mirziyoev nazoratiga o‘tadi. Mamlakat tashqi siyosatida G‘arbdan uzoqlashish va Rossiyaga yaqinlashish jarayoni boshlanadi.

Shu paytgacha Mirziyoev rossiyaparast, Moliya vaziri Rustam Azimov esa G‘arb tarafida degan stereotip mavjud edi.

Bu stereotipning yashashga haqi borligini aytgan holda ba'zi detallarga e'tiboringizni qaratsam.

Karimov o‘lim to‘shagida yotgan uch kun ichida Shavkat Mirziyoev va Rustam Azimov bir necha marta uchrashib kontsensusga kelishdi.

Bu kelishuvga ko‘ra, Mirziyoev bilan Azimov mamlakatni birgalikda boshqarishadi (Putin-Medvedev kabi)

Kimning qaysi lavozimda bo‘lishi haqida aniq gap yo‘q, lekin boshqaruvda Rossiya va G‘arb manfaatlari teng inobatga olinishi borasida ahd qilingan.

Hozircha bilganim, mamlakat Karimov ko‘milganidan keyingi ilk oylarda muvozantli boshqariladi.

Hokimiyat O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov, Bosh vazir Shavkat Mirziyoev va Vitse premer Rustam Azimov qo‘lida taqsimlanadi.

Oldimizdagi bir necha kun ichida Konstitutsiyaning 96-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston rahbarligi shu kunlarda senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev zimmasiga o‘tadi. Prezidentlik saylovi esa 25 dekabrga belgilandi.

Saylov natijasi ham oldindan ma'lum.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2019
«Eltuz» nashri o‘zining yutub kanalida “Marhabo, talantlar” tanlovini boshladi. Tanlov shartlari Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘shiq, ashula, raqs, she'rni ...
28 dekabr 2020
O‘zbekistonda mahkumlar mehnati sharafiga qo‘yilgan yodgorlikni buzishdi. Taassufki, u faqat bir necha kungina turdi, “oq paltoli” ziyolilar va “ma'naviyatli” ...
3 aprel 2018
Oliy Majlis Senatida 29 mart kuni Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullaev O‘zbekistonga havf solayotgan islomiy tahdid haqida ...
30 avgust 2022
Muhammad Solih bilan kechgan suhbatning 5-qismi do‘stlik va nonko‘rlik haqida. «Men hayron qolardim: dunyoda yomonroq ishlar bor. Qotillik bor, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...