Kundalik
2 sentyabr 2016

Karimovdan keyingi O‘zbekiston

Konstitutsiya chekloviga qaramasdan 27 yil prezidentlik lavozimida o‘tirgan Islom Karimov dafn qilinar ekan, undan keyin kim bo‘ladi degan savol o‘rtaga chiqdi. Sovet tarixini bilganlar “Kim janozani tashkil” qilsa o‘sha rahbar bo‘ladi deyishmoqda.

Demak respublika Bosh vazir Shavkat Mirziyoev nazoratiga o‘tadi. Mamlakat tashqi siyosatida G‘arbdan uzoqlashish va Rossiyaga yaqinlashish jarayoni boshlanadi.

Shu paytgacha Mirziyoev rossiyaparast, Moliya vaziri Rustam Azimov esa G‘arb tarafida degan stereotip mavjud edi.

Bu stereotipning yashashga haqi borligini aytgan holda ba'zi detallarga e'tiboringizni qaratsam.

Karimov o‘lim to‘shagida yotgan uch kun ichida Shavkat Mirziyoev va Rustam Azimov bir necha marta uchrashib kontsensusga kelishdi.

Bu kelishuvga ko‘ra, Mirziyoev bilan Azimov mamlakatni birgalikda boshqarishadi (Putin-Medvedev kabi)

Kimning qaysi lavozimda bo‘lishi haqida aniq gap yo‘q, lekin boshqaruvda Rossiya va G‘arb manfaatlari teng inobatga olinishi borasida ahd qilingan.

Hozircha bilganim, mamlakat Karimov ko‘milganidan keyingi ilk oylarda muvozantli boshqariladi.

Hokimiyat O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatov, Bosh vazir Shavkat Mirziyoev va Vitse premer Rustam Azimov qo‘lida taqsimlanadi.

Oldimizdagi bir necha kun ichida Konstitutsiyaning 96-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston rahbarligi shu kunlarda senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev zimmasiga o‘tadi. Prezidentlik saylovi esa 25 dekabrga belgilandi.

Saylov natijasi ham oldindan ma'lum.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 aprel 2019
Yaqinda bir hamkasbim yangi tendentsiya, jurnalistlar o‘rniga robotlar kelayotganidan gap ochib qoldi. Bu allaqachon matbuotda qo‘llanilayotgan amal ekan. Dolzarb ...
1 mart 2016
24 fevral kuni Namanganda “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Xayrulla Turmatov, O‘zbekiston ...
8 may 2017
Ijtimoiy tarmoqda kartoshka savdosi bilan bog‘liq janjal va turnaqator navbatlar aks etgan tasvirlar bot-bot paydo bo‘la boshladi. O‘zbekistonda eng ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot pasha viz-viziga o‘xshash shovqinlari ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...