Asosiy mavzular
2 noyabr 2016

Majburiy mehnat tufayli rayono mudiri ishdan ketdi

O‘zbekiston Huquq himoyachilari alyansi (O‘HA) tarqatgan matbuot xabariga ko‘ra 2016 yilning 1 noyabri kuni Bo‘ka shahar Xalq ta'limi bo‘limi mudiri Muhammad Azimovni ishdan olingan, uning ishi prokuraturaga oshirilgan.

Bu haqda shu kuni al'yans lideri Yelena Urlaevaga vazirlikdan qo‘ng‘iroq qilishgan va uning arizasi qondirilganini bildirishgan.

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida paxta terimiga maktab o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari, kollej pedagoglari jalb etilayotgani, ularni bir necha kun davomida shahar chekkasidagi dalalarga olib ketilib kuniga 6 soatlab ishlatilayotgani haqida bundan ilgari alyans xabar tarqatgandi.

rasm4055
Yelena Urlaeva, O‘HA lideri

Bunda pedagoglarni ommaviy tarzda terimga safarbar qilish 2016 yilning 20 sentyabrida boshlangani, ular «Moytepa», «Ko‘korol», «Alxojar» hududlarida paxta terishgan. Buning oqibatida maktablarda normal dars o‘tish jadvali buzilgani bildirilgandi.

Yelena Urlaeva: «Azimovning ishdan olinishi, vaziyatning o‘nglanishiga umid paydo qiladi»

O‘zbekiston Huquq himoyachilari alyansi (O‘HA) lideri Yelena Urlaeva bolalar mehnatiga qarshi kurash natijasi kabi, kattalar majburiy mehnatining ham oxir oqibat bartaraf etilishidan umidvor:

«Men o‘z arizam bo‘yicha chora ko‘rilgan deya hisoblayman, endi albatta voqealar rivojini va prokuraturaning Muhammad Azimovga nisbatan qanday chora ko‘rishini kuzatamiz.

Muhammadning ishdan olinishi Bo‘ka tumani aholisi va o‘qituvchilari uchun juda quvonchli. Pedagoglar bilan munosabatda u banditlarcha usullar qo‘llab kelgan va undan hamma qo‘rqqan.

Hozir odamlar Huquq himoyachilari harakati, ularining arizalaridan qandaydir natijasi bo‘lganini ko‘rishdi, bu ularning huquq himoyachilari va qonunga nisbatan umidi va ishonchini paydo qiladi.

Bo‘ka tumani hozircha bir o‘rnak, garchi men har bir majburiy mehnat holati yuzasidan alohida yozmoqdaman.

Agar reydlar bo‘yicha bizning axborotlarimiz hisobga olinsa vaziyat yaxshi tomonga o‘nglana boshlaydi, balki bu istaganimizdek tezgina amalga oshmas.

Shunchaki ko‘pchilik sukutda, huquq himoyachilari esa sanoqli. Biroq bolalar mehnati bilan bo‘lgani kabi, bu sistema ham sindirildi».

rasm4054
Umida Niyozova, UGF raxbari

Umida Niyozova: «Muhammad Azimov – shunchaki «gunoh echkisi»

Germaniyadagi O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi (UGF) tashkiloti raxbari Umida Niyozovaning fikricha o‘zgarishlar bo‘ldi deyishga hali erta:

«Paxta – bu o‘simlik emas siyosat ekani O‘zbekistonda yosh bolaga ham ayon, demak odamlarni paxta dalalarida ishlashga majbur qilinishiga qarshi norozilik bildirilmasligi kerak.

Shu bois, paxta terishga yoki pulini to‘lashga majbur qilinayotgan bechora talabalar va davlat idoralari xodimlarining noroziligini ko‘rmaymiz.

Ishdan bo‘shatilgan va «gunoh echkisi»ga aylantirilgan Bo‘ka shahar rayono mudiri albatta hokimning, hokim esa Toshkentning buyrug‘ini bajargan.

Agar uning ortidan qolgan yuzlab mulozimlarni ham ishdan bo‘shatishsa, ana unda o‘zgarishlar bo‘ldi deya gapirish mumkin.

Hozircha esa, odamlarni paxta terimiga majburlash bilan bog‘liq davlat siyosati o‘zgarishsiz qolmoqda».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 sentyabr 2019
Zimbabvening 37 yillik diktatori o‘lgani fonida O‘zbekiston parlamentining qariyb shu yoshlardagi deputati Akmal Umirzoqov mavjud nomenklaturadan tashqaridagi shaxslarning deputat ...
6 noyabr 2023
Gitlerga oshiq bo‘lish yigirmanchi asrda qolib ketgan ruhiy anomaliya deb o‘ylardim. Nemis xotinlari Gitler gapirganda hayajondan siyib tashagan. Yigirma ...
13 dekabr 2018
Shu kunlarda ko‘plab nashrlar Gulnora Karimovaning O‘zbekiston hukumatini moddiy qo‘llab-quvvatlash niyatida ekani haqida yozishdi.   Jamiyatdan hamon yopiq saqlanayotgan Islom ...
28 oktyabr 2015
Sutkalab svet yonmaydigan, gaz o‘tkazilgan holatda, gazni trubasidan havo ham kemaydigan qishloqda, dvijok yoqib o‘tirganizda, xayolingizni bo‘lib, televizordan yonayotgan ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...