Kundalik
24 noyabr 2016

O‘zbek xotinini urgan turk er qamoqqa olindi

Kasalxonadagi ayolning salomatligi haqidagi ma'lumotnoma Adana prokuraturasi oilaviy jinoyatlar bo‘limiga yetib borgach, eridan kaltak yegan o‘zbek ayol shikoyatini Adana prokurori o‘z nazoratiga oldi va uning eri hibs qilindi.

Turkiyaning Adana shahrida istiqomat qiladigan O‘zbekiston vatandoshi 32 yashar Shaxnozaxon idishlarni qo‘lda emas, idish yuvadigan mashinada yuvgani uchun eri tarafidan do‘pposlangan edi.

Adana politsiyasi matbuot kotibining aytishicha kaltak yegani ortidan kasalxonaga borgan ayol voqeasini tekshirgan mahalliy prokuror uni urgan eri 51 yashar Nusrat Limonchechagini (Nusret Limonçiçeği) so‘roq qilib qo‘yib yuborgan edi.

Eltuz tasarrufida nusxasi mavjud bo‘lgan tibbiy hulosaga ko‘ra, kaltaklanish paytida Shaxnozaxoning qovurg‘alari sindirilgan. Badanining aksar qismi gemotomik jarohat bilan qoplangan. Ma'lumotnomada Shaxnozaxon yuz ko‘zi mo‘mataloq bo‘lib ko‘zlari ko‘rmay qolgani ham ta'kidlanadi.

Idish yuvish janjali

Bundan besh oy oldin Adananing Shaybon tumanida yashovchi Nusrat Limonchechagi va uning o‘zbekistonlik xotini Shaxnoza. L. o‘rtasida mashinada yuvilgan idishlar yuzasidan janjal chiqqan edi.

Asnoda er o‘z xotinini kaltakladi. Mayib bo‘lgan xotin Adana davlat hastaxonasi jonlantirish bo‘limiga olib kelindi.

Muxbirlar bilan suhbatda Shahnoza erga tekkaniga ikki yil bo‘lgani va bu ikki yil mobaynida tinimsiz kaltak yeganini ta'kidlagan:

«Olti oy oldin kaltak yeganimda bolam tushgan edi. Yeganim tayoq, ko‘rganim xo‘rlik. Nuqul boshimga mushtlaydi, tepadi, qo‘liga tushgan narsa bilan meni uradi, lekin men shikoyat qilmadim. Ahvolimni ko‘rgan doktorlar politsiyaga xabar berdi», – deydi Shahnoza.

Shahnozaning bir umr mayib bo‘lishi va ko‘zlari ko‘rmay qolishiga sabab bo‘lgan janjal arzimagan narsadan chiqqan:

«Uyga mehmon keluvdi. Mehmonlar ketgach idishlarni mashinaga solib yuvganim erimga yoqmadi. Nega o‘zing yuvmaysan, deb urib tashladi», – deydi O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan Shahnoza.

Abdujamil Do‘stmuhammad

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 dekabr 2015
Abdujamil Do‘stmuhammad Eltuz.com Yil so‘nggida sodir bo‘lgan voqealar va matbuotga sizdirilgan iddaolar shunday taxmin qilishga asos beradi. Keyingi kunlarda ...
18 noyabr 2022
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizla, mo‘chchi oybikala, xo‘jik birrila?RT: ...
11 yanvar 2018
9 yanvar kuni MXX tergov hibsxonasida uch oydan ortiq qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev xotini, onasi va farzandlari bilan uchrashdi. ...
25 mart 2022
Mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik tuyg‘usi ozgina bo‘lsa ham ichida borlar bilan suhbat qurayotganimga ishonaman. Ular balki ming, balki ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...