Shavkat Mirziyoev uchun kalish tarqatildi…
Farg‘ona viloyatining har bir tumanda Shavkat Mirziyoevga ovoz berishi uchun saylovchilarga kalish, atlas, adras matolari tarqatilmoqda.
Eng qizig‘i bu ishlar bilan O‘zLiDYepdan boshqa partiyalarning tumanlardagi bo‘limi shug‘ullanmoqda.
«Men partiya faoli sifatida Xatamjon Ketmonovga ovoz beraman, ammo turmush o‘rtog‘im, ikki nafar o‘g‘lim va kelinlarim Shavkat Mirziyoevga ovoz beradi», – dedi “Xalq” demokratik partiyasi faoli bo‘lgan ayol.
“Milliy tiklanish” partiyasi vakiliga “Siz Sarvar Otamurodovga ovoz bersangiz kerak, axir o‘zlaringiz ko‘rsatgan nomzodku” deya bergan savolimga u ayol “Bilmadim, Shavkat Mirziyoevga ovoz beringlar” deyishayaptiku, – deya javob berdi.
“Xalq” demokratik partiyasi vakillari kollejlarda, maktablarda, mahallalarda bo‘lib saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, Shavkat Mirziyoev nomzodini qo‘llab-quvvatlash ishlarini olib borayotganligi g‘oyat qiziqarli.
Bir kollej direktorining bu sovg‘alarni Shavkat Mirziyoev berib yuborayaptimi, degan savoliga partiya faoli “yo‘q davlat tomonidan ajratilgan bu sovg‘alar” deb javob berdi.
O‘zbekistonda davlat ham Mirziyoevni nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Nasima Davron qizi
Eltuz.com