Asosiy mavzular
6 yanvar 2017

Matbuot qarzdorlarni izza qilish yo‘liga o‘tdi

Farg‘ona viloyati bosh nashri “Farg‘ona haqiqati” soliq, oqava suv va elektr energiyasidan qarzdorlar ro‘yxati va mavzuga oid maqolalarni e'lon qildi

“Mol-mulk va yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash borasida daxldorlik tuyg‘usini unutganlar xususida” deya atalgan maqolada soliqlardan qarzdorlar ro‘yxati ilova qilinadi.

Ro‘yhatda Farg‘ona viloyatining turli tumanlarida yashovchi jami 13 nafar jismoniy shaxs va bir qancha qarzdor korxonalarning nomlari keltirilgan.

“Oqava suv iste'moli xizmatidagi muammolar” maqolasida xizmatdagi muammolar emas, qarzdor tashkilotlar ro‘yxati keltirilgan.

Qarzdorlar qatorida nomi tilga olingan «Energomarkaz» bosh hisobchisining Eltuzga bildirishicha, gazetada keltirilgan raqamlar noto‘g‘ri.

Oqava suv ta'minotida uzilishlar bo‘lganligi sababli, korxona ma'lum muddat suv uchun shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lamagan. Bugungi kunda xo‘jalik sudi qarori bilan kam-kamdan bu mablag‘ Suv oqava tashkilotiga o‘tkazib berilmoqda.

“Yorug‘i yaxshi-yu, to‘lovi yomon…mi?!” maqolada esa elektr energiyasidan qarzdorligi yuqori bo‘lgan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

Hokimlikka yaqin o‘z ismini aytishni istamagan shaxsning Eltuzga bildirishicha, qarzdorlarning nomini matbuotga chiqarishdan maqsad, ularni izza qilib, qarzlarni samarali tarzda, sud harajatlarisiz tezroq undirib olishdir.

Biroq ayni maqolalarda sovuq kunlardagi elektr uzilishlari, gazning tanqisligi va ichimlik suvi muammolari haqida hech narsa deyilmaydi.

“Eltuz” maqolaga munosabatni o‘rganar ekan, gazetaga chiqishdan hech kimning unchalik xijolat bo‘lmayotganligini bildi.

“Baribir bu gazetalarni hech kim o‘qimaydi” dedi qarzdorlar ro‘yxatidagilardan biri.

«Gazetalarning rost gapni yozmasligini hamma biladi. Shuning uchun sizdan boshqa hech kim bu masalaga qiziqqani yo‘q», deydi u.

«Muammolar haqida iste'molchilar bilan yuzma-yuz gaplashishdan qochib, ularni endi matbuotda biryoqlama izza qilish yo‘liga o‘tishgan», deydi Eltuz muxbiriga svetning surunkali uzilishlaridan zada bo‘lgan boshqa bir qo‘shtepalik ayol.

Viloyat tug‘uruqxonalarida elektr uzilishlari tufayli, dvijok va lampa chiroqlar yorug‘ida chaqaloqlar dunyoga kelayotgani, viloyat hokimligi majlislari paytida ham chiroqning o‘chib qolgani, ayni muammoning yanada keskinlashayotganini anglatadi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 mart 2019
G‘ayrat Bobojonov 50 yoshda. Shundan 25 yilini jurnalistikaga bag‘ishladi. Jurnalistik faoliyatini O‘zbekiston tarixidagi ilk mustaqil telekanalda 1994 yili boshlagan ...
19 noyabr 2019
Ayni saylov avj pallasiga chiqqan payti poytaxt hokimi bilan bog‘liq bunday kompromat chiqishi siyosiy jarayonlar rivojlangan davlatlarda deputatlikka nomzodlar ...
13 dekabr 2015
11 dekabr kuni Termiz aeroportidagi Germaniya foydalanib kelgan harbiy transport bazaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Rassom: Tuz Eltuz.com
16 fevral 2019
Pul hamma narsani hal qiladi, deyishadi. Menimcha, siyosat hamma narsani hal qiladi. Vaqtida berilgan va'da va odamlarni ishontirish san'ati. ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...