Asosiy mavzular
19 yanvar 2017

Masharipovning tergovdagi javoblari matbuotga sizdi

Istanbul Terrorga qarshi mujodala sho‘'ba mudirligida 45 soatdan beri davom etayotgan tergovda O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipovning tergovchilar savollariga bergan javoblari turk matbuotiga sizdi.

Masharipov turkcha oz bilishini aytganidan so‘ng so‘roq rus tilida olib borilgan. Matbuotga sizgan javoblarga ko‘ra Masharipov hudkush-bombachi sifatida IShID tarafidan xozirlangan.

Tergovchining nega REİNA tungi klubiga hujum qilding degan savoliga Masharipov “Ular kofir bo‘lgani uchun u yerga hujum qildim” deya javob bergan.

Politsiyachini nega o‘ldirding degan savolga esa “ Oldin politsiya menga o‘t ochdi, keyin men uni o‘ldirmaguncha ichkariga kira olmasligimni bilgach uni otib tashladim” deya javoblagan.

Tergov asnosida O‘zbekiston vatandoshi Masharipovning 2015 yili Eronda sohta pasport bilan yurganida qamoqqa olingani va uning bir oy qamoqda o‘tirgani ma'lum bo‘ldi.

Masharipov qo‘lga olish paytida kaltaklangan. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Masharipov o‘z so‘zida davom etib “2016 yilning yanvarida Erondan qochoq yo‘llar orqali Turkiyaga” kelganini iddao qilgan. Masharipovga ko‘ra, u bir yilga yaqin Ko‘nya shahrida sassiz yashagan:

“Bu vaqtda Roqqadagi IShID vakillari bilan ijtimoiy tarmoq vositasida aloqa bog‘ladim. Yangi yil kechasi Istanbul markazidagi Taqsim maydinida o‘zimni portillatib tadbir uyushtirmoqchi edim. Xavfsizlik choralari kuchli ekanligini ko‘rganimdan keyin nishonni o‘zgartirdim. IShIDning Istanbuldagi amiri Xo‘ja aka bilan maslahatlashib tungi klubda qirg‘in qilish rejasini tuzdim. Tungi klubni oldidan soat 22.00 da o‘tib ketdim. Qarasam xavfsizlik choralari zaif. Buni Roqqadagilarga bildirdim. Ularning tasdig‘idan keyin tunagan uyimdagi qurolni va granata deb o‘ylaganim Flashbanglarni olib Reinada o‘zimni portillatish uchun ketdim. Granata deganim oddiy shumovoy granata bo‘lib chiqdi. Keyin qochdim” deya ta'kidlaydi turk matbuoti terrorchi deya atayottgan O‘zbekiston vatandoshi Masharipov.

Tergovda ayon bo‘lishicha, qirg‘indan keyin Masharipov o‘zi qilgan ishi haqida Roqqadagi IShID amirlariga hisobot bergan.

“Tadbir tugagach Roqqaga habar berdim. Ular meni qochirishga va'da berishdi. Ali Muhammad Jamol degan iroqlik(U ham qo‘lga olingan.taxr) bilan uchrashishim haqida aytishdi.

Istanbulning Esanyurt mavzeida u kiralagan uyga bordim. Har uch kunda uy almashtirib turdim. Hammasi bo‘lib beshta uyda qoldim. Menga jimgina kutish va Ko‘nyadagi IShIDning o‘zbek hujrasi bog‘lanishini aytishdi, deydi 45 soatdan beri davom etayotgan tergov paytida Masharipov.

Eltuz. Comga ma'lum bo‘lishicha Masharipov hibsxonaning bir kishilik kamerasida saqlanmoqda.

Turk matbuotida yozilishicha Masharipov O‘zbekistonning Qo‘qon shahridan. O‘zbekistondagi universitetlardan birining fizika fakultetida o‘qigan. Bundan 6 yil oldin O‘zbekistonni tark etgan va qidiruvga berilgan.

Istanbul viloyat hokimi Vosip Shohinning aytishicha, yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klubga hujum qilgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov Afg‘onistonda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va «aybiga iqror bo‘lgan».

Vosip Shohinning aytishicha, Abdulqodir Masharipovning barmoq izlari hodisa joyidan olingan barmoq izlariga to‘g‘ri kelgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 iyun 2018
Besh yil xalq ta'limi vaziri bo‘lgan Ulug‘bek Inoyatov 20 iyun kuni ishdan olindi. O‘rniga Innovatsion rivojlanish vazirligi mulozimi Sherzod ...
1 yanvar 2020
O‘zbek hukumatining Rossiya qaramligiga intilishi fonida mamlakatda gaz taqchilligi 2019 yili ham davom etdi. Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasidan O‘zbekistonning 600 ...
10 iyun 2020
2010 yilning 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida etnik to‘polonlar avj oldi. 400 dan ortiq odam o‘ldirildi, deyarli ikki ming ...
15 mart 2021
Ichki ishlar vazirligi ikki oy ichida 24 milliard so‘mga mahbus tashuvchi 50 ta transport vositasi – avtozak sotib olgani ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...