Asosiy mavzular
23 yanvar 2017

O‘chgan chiroqlar yoki Mirziyoev bilan selfi

«Kecha Mirziyoev. Sh.M ketishi bilan 3 kundan beri o‘chmay turgan chiroqlar boshladi o‘chishni» deya yozdi to‘rtko‘llik shifokor Alimardon Sultonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra ba'zan chiroq tushlikkacha, ba'zan to asrgacha beriladi, keyin o‘chiriladi.

«Asosan gazdan kiynalyapti xalq» dedi u Eltuz muxbiriga.

Uning so‘zlarini nukuslik faol Azimboy Otaniyozov ham qisman tasdiqladi.

Uning bildirishicha, Mirziyoev kelishi bilan ikki kun Nukusda ham chiroq o‘chmagan. Biroq gaz bosimi pastligicha qolgan.

Tabiiy gaz bosimining pastligi va svetning o‘chishi Qoraqalpog‘istonning nafaqat chekka ovullari balki markaziy Nukus shahri uchun ham odatiy hol.

«Soddadil odamlar endi hammasi yaxshi bo‘lib ketadi deb ishonishmoqda. Rasmiy matbuot faqat shu Mirziyoevni maqtash bilan ovora. Lekin, hali hech narsa o‘zgarmagani ko‘rinib turibdi «, deydi Azimboy aka.

Uning ta'kidlashicha, Mirziyoev kelishidan Qoraqalpog‘istonning ko‘rimsiz hududlarida potyomkin qishloqlarini yaratishga urinishlar bo‘lgan. Ko‘p hollarda prezident bo‘yog‘i qurib ulgurmagan ob'ektlarini borib ko‘rgan.

Ellikqal'alik bir haydovchiga ko‘ra, prezident kelishi oldidan qora rangli «Kaptiva» mashinalariga ehtiyoj paydo bo‘lgan.

«Bir hafta burun 20 tacha qora rangdagi «Kaptiva» mashinalari tayyor qilinib SNB garajiga keltirib qo‘yildi. Yetmaganlarini, mening bilganim, Ellikqal'a tumanidan odamlarning shaxsiy avtomobillarini so‘rab olishdi», deydi Eltuzning suxbatdoshi.

Ijtimoiy tarmoqda Xo‘jayli shahrida, xalqning prezidentni o‘rab olishgani tasvirlari paydo bo‘ldi.

Odamlar prezidentni o‘z telefonlarida suratga olishdi, Karimovning so‘nggi davrida buni hatto ular tasaavvur ham qila olishmagan.

Yangi prezident, tumanlarni aylanib, hokimlarni almashtirar, raxbarlardan odamlar arzini tinglashni talab etar va barcha vazirlarni tanqid qilarkan, uylarda chiroqlar hamon o‘chishda davom etmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 aprel 2023
Xivada 1920 yilning 27 aprelida Xorazm Respublikasini tuzish bo‘yicha ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda ko‘p yillardan buyon «Xiva» shaklida ishlatilib ...
6 aprel 2017
Turkiya nashrlari o‘tgan hafta reyd paytida qo‘lga olingan o‘zbek fohishalari haqida bir nechta habar chop qildi. Bu habarlarning birida ...
5 yanvar 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
24 noyabr 2022
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Samarqanddan. Hibsga olingan o‘spirin yurak kasalidan o‘lganmidi? «Assalomu ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...