Asosiy mavzular
20 fevral 2017

Miyasidan o‘q yeb komaga tushgan Obid qori qaddini tikladi

Besh yil burun Shvetsiyaning Stromsund shaharchasida yollanma qotil tomonidan otib ketilgan taniqli imom Obidxon Nazarovning yaqinlari uning ancha tuzalib qolganini bildirishmoqda.

Imom uzoq yillar davom etgan komadan so‘ng, endilikda atrofni mustaqil kuzatib, fikrlaydigan, o‘rnidan turib qaddini rostlaydigan darajaga kelgan.

Eltuz muxbiri bilan gaplashgan imomning o‘g‘li Dovudxon keyingi kunlarda dadasining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytdi.

«Dadamning ahvoli ancha og‘ir edi. Uning asta sekinlik bilan oyoqqa turishlari deyarli hech kimning hayoliga kelmagandi» dedi Obidxon Nazarovning o‘g‘li jumladan Eltuz muxbiri bilan suxbatida.

Biroq, ayni paytda imomning to‘liq sog‘ayib, o‘z faoliyatini davom ettirishiga ancha borligini, o‘q asoratlari xanuz saqlanayotganini bildiradi u.

Imom Obid Nazarov O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan yollanma qotil Yuriy Yuukovskiy tomonidan 2012 yilning 22 fevralida Stromsundda otib ketilgandi.

Dastavval, 2015 yilning dekabrida esa Ostersund tuman sudi Yuriy Jukovskiyni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan.

Keyinchalik, ikkala tomon shikoyatidan so‘ng Sundsvallda o‘tgan appelyatsiya sudi 37 yoshli Jukovskiyni umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.

Dovudxon Nazarovning Eltuzga bildirishicha, Shvetsiya tergovchilari O‘zbekiston dohil suiqasdga aloqador yana boshqa shaxslarni ham aniqlagan va suiqasd surishtiruvini hali ham davom etmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2015
Bugun, 22 noyabr soat 10 da, Shved shahri Estersundda 1978 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiy ustidan sud boshlandi. ...
18 yanvar 2016
Toshkent hukumati AQSh va Yevropa huquq tizimlari Gulnora Karimovaning korruptsiya va pul yuvish jinoyatlariga aloqadorlik gumoni bilan muzlatib qo‘yilgan ...
10 yanvar 2018
14 yanvar kuni denovliklar o‘tgan yili Ginnesga kirgan mega palov rekordini yangilashmoqchi. Rassom Tuz esa rekord kontseptini yanada ulkanroq ...
4 dekabr 2017
Ko‘p pul ishlab, mashina va uy olish uchun xotinini fohishalikka undagan o‘zbekistonlik erkak jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda 30 ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...