Asosiy mavzular
5 aprel 2017

Piterdagi terakt O‘zbekiston Rossiya munosabatlarida

Moskvaga davlat tashrifi bilan borgan Mirziyoevni aeroportda mamlakat prezidenti emas, balki jinsi va drap kamzul kiygan, jamoatchilikka notanish bo‘lgan shaxs kutib oldi.

Bu voqea Piterda sodir bo‘lgan qonli terakt va Kremlning butun mamlakat bo‘ylab aksilterror mitinglari o‘tkazish qarori fonida kechdi.

O‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Anvar Nazir fikricha, o‘z iqtisodiy yo‘nalishini belgilashda prezident Mirziyoevning siyosiy tanazzulni kechirayotgan Rossiyaga suyanishi noto‘g‘ri bir siyosatdir.

Putin faqat o‘z manfaatini ko‘zlaydi

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga safari arafasida, Sankt Piterburgda yuz bergan voqealarni sharxlarkan, siyosiy tahlilchi Anvar Nazir bu kabi voqealardan Putin o‘z hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida foydalanib kelganini aytadi.

U shuningdek, Vladimir Putinning Ikkinchi Chechen urushi natijasida hokimiyat tepasiga kelganini, Nord Ost terakti esa so‘z erkinligi va oshkoralikning tugatilishiga olib kelganini eslaydi.

«Beslan voqeasidan keyin, hatto gubernatorlik saylovlari bekor qilindi» deydi u.

2018 yili Rossiyada prezident saylovi bo‘lishi kerak edi, iqtisodiy ahvoli og‘ir.

Neft haliyam qimmatlashmadi. Ikkita urushga aralashib qolgan Rossiya, ikkitasidan ham chiqa olmayapti.

Tashqi siyosatda Rossiyaning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari murakkab. Kreditlardan, yuqori texnologiyalardan Rossiyani uzib tashlashdi.

Ichki vaziyat ham jiddiylashdi. Korruptsiya muammosi ko‘tarildi. Medvedev atrofidagi janjallar shuning atigi bitta ko‘rinishi.

«Mana shu vaziyat fonida birdan terakt bo‘layapti. Yangi mavzu. Rossiya davlat Dumasiga birdan yangi taklif chiqdi. Prezident saylovini boshqa noaniq vaqtga ko‘chirish to‘g‘risida.

Mamlakat uchun zarar keltiradigan loyiha

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi eng katta loyixalar mamlakatdagi metallurgiya konlari, qazilma boyliklari va tabiiy gazni o‘zlashtirishga qaratilgan.

Tahlilchi Anvar Nazir Eltuz muxbiriga bergan intervyusida, buni mamlakat xalqi uchun eng zararli loyihalar deya baholaydi.

«Gazprom bilan ilk shartnomalar tuzilganida hamma bu bitim mamlakatga farovonlik keltiradi deb ishongan edi.

Shundan buyon, mamlakat aholisi qanchadan-qancha sovuq qishlarni gazsiz o‘tkazdi.

Shuning oqibatida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari allaqachon turg‘unlik darajasigacha tushib bo‘lgan» deydi Anvar Nazir.

Uning fikriga ko‘ra, agar O‘zbekiston ertangi kunini o‘ylasa, iqtisodiyotni erkin konvertatsiyani ochish, mamlakatga g‘arbning yangi texnologiyalarini kiritish va shaffoflik yo‘lidan borishi kerak.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 avgust 2018
«Men Odilovga: – Ahmadjon aka, pulingizni oling, menga dietik ovqat shart emas. Zonaning oshxonasiga faqat nonimni olib kelish uchun ...
11 sentyabr 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi, 42 yashar Baxtiyor Abdusamatov o‘z ish kabinetida 7 sentyabr kuni 400 ming AQSh dollari ...
15 aprel 2016
“Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Ta'qiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a'zolik” kabi bir biridan vaximali moddalar bilan ayblangan “Aramais va ...
6 iyun 2016
O‘quvchilarimizga ma'lumu mashhur Quddus A'zamovning navbatdagi bir ko‘rsatuvi «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» mavzusiga bag‘ishlandi. Ana tok shou, mana tok ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...