O‘zbek qizini turk jazmani o‘ldirib jasadini musorga tashladi
Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani Qumqopi mahallasida 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomovani o‘ldirib jasadini musorga tashlagan muhtamal qotil hibsga olindi.
Turkiyadagi Hurriet gazetasining yozishicha, tergov paytida 28 yashar Yilmaz Ëvuzarslon o‘z o‘ynashi Dildora Inomovani o‘ldirganini bo‘yniga oldi. (Suratda: Y.Yovuzarslonni qo‘lga olish payti, Hurriet)
4 farzandning otasi bo‘lgan Yilmaz Ëvuzarslon yashirin sevgi munosabatlari fosh bo‘lmasligi uchun Dildorani o‘ldirganligini sabab o‘laroq ko‘rsatgan.
Tergov hujjatlariga asoslangan mahalliy turk matbuotining yozishicha, O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomova bir necha yildan beri Yilmaz Ëvuzarslonning o‘ynashi bo‘lgan.
Jinoyat yuz bergan kuni o‘zbekistonlik ayol, birgalikda tushgan rasmlarini xotiniga yuborishini aytib, o‘ynashiga tahdid qilgan. Ikki o‘rtadagi janjal jinoyat bilan tugagan.
Jomadondagi jasad
Dildora Inomovaning jasadi bir necha kun avval axlat konteynerida, chamadonga solingan holda topilgan edi. Kuzatuv kameralari tasvirlarini tekshirgan turk politsiyasi besh kundan keyin qotillikda gumon qilingan shaxsni topishga muvaffaq bo‘ldi.
Turk matbuotining yozishicha, Yilmaz Ëvuzarslon avvaliga Inomovani kaltaklagan, keyin oshxonadan oshpichoq olib chiqib, to‘rt marta pichoqlagan.
Dildoraning joni uzilmaganligini ko‘rgan ma'shuq uni to o‘lgunicha bo‘g‘ib turgan. O‘lganidan keyin qo‘l-oyoqlarini bog‘lab xaltaga solgan. Xaltani esa chamadonga solgan ko‘chadagi ahlat qutisiga tashlagan.
Turk politsiyasi o‘z tasarrufida, Yilmaz Ëvuzarsloning chamadonni yelkasida ko‘tarib kelib musor konteyneriga tashlagani aks etgan videotasvirlar borligini matbuotga bildirgan.
Qotillik yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eltuz.com