chorshanba,
18 dekabr 2024
2 iyun 2017
Rossiya 1 iyundan migratsiya qoidalarini kuchaytirdi
Qoidalar Rossiya prezidentining «2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari» haqidagi 202-son farmoni bilan bog‘liq.
Havfsizlik choralariga ko‘ra, 1 iyundan 12 iyulgacha Rossiyaga keladiganlar bir sutka davomida ro‘yxatdan o‘tmasa mamlakatdan chiqarib
yuboriladi.
Bu qoidalar Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochi shaharlariga taalluqli.
Bir kun ichida ro‘yhatga turish uchun Rossiyaga boruvchilar pasportning 1-beti va chegarani kesib o‘tganligi haqida belgilar qo‘yilgan sahifalaridan olingan nusxa va to‘ldirilgan migratsiya kartasini taqdim qilishlari kerak bo‘ladi.
Farmonda ayni choralar kelasi yil futbol chempionati davrida tag‘in qo‘llanilishi aytiladi.
Eltuz.com