Document UZ
22 sentyabr 2017

MXX xodimlari o‘nlab tadbirkor mol-mulkini tortib oldi

O‘zbekistonlik bir-birini tanimaydigan bir necha tadbirkorning “Eltuz” muxbiriga ma'lum qilishicha, 2010-2016 yillar davomida MXX Milliy havfsizlik va MX (SB) havfsizlik xizmati xodimlari o‘nlab yirik va o‘rta tadbirkorlarning ko‘chmas mulkini tovlamachilik bilan o‘z nomlariga o‘zlashtirib olgan.

O‘zbekiston Bosh Prokuraturasining yuqori martabali xodimlaridan biri bunday tovlamachilikdan jabr ko‘rgan tadbirkorlarning iddaosi mutlaqo asosli ekani, haqiqatan ham o‘z nomlariga o‘zlashtirib olishayotgani va bu hol dovom etayotganini aytdi.

MHH zobiti Anvar Xalimbetovning hujjati

Ismi sir qolishini so‘ragan tadbirkorlardan biri “Eltuz” muxbiriga isbot tariqasida ana shunday “ixtiyoriy-majburiy” oldi sotdi hujjatlarini yo‘lladi.

Hujjatda, tadbirkorning aytishicha, u o‘ziga nisbatan olib borilgan tergov paytida “hibs”ga olingan Toshkent markazidagi 300 kvadrat metrdan kattaroq kvartirasini 55 million so‘mga (6 ming dollar atrofida) Milliy Xavfsizlik Xizmati xodimiga o‘tkazib berganini ko‘rish mumkin.

Mustaqil surishtiruv olib borgan “Eltuz” muxbiri, Toshkent markazidagi kvartira egasining haqiqatan ham MXX zobiti ekanini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Taqdim qilingan hujjatlarga ko‘ra u, 37 yoshli MXX zobiti, Anvar Xalimbetovdir.

Tadbirkorning aytishicha, Toshkentda 6 ming dollarga 300 kvadrat metrdan kattaroq bo‘lgan kvartira tugul “hojatxona ham sotib olish” imkonsiz.

“Eltuz” muxbiri suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan yana bir nechta tadbikor o‘zlari va yaqinlari nomiga qaydga olingan ko‘chmas mulk, avtomashina va qimmatbaho buyumlarni MXX va SB xodimlari nomiga o‘tkazib, o‘z jonlarini qutqarib qolishganini aytishdi.

Ulardan birortasi o‘z nomlari oshkor bo‘lishini istamadi, ammo nashr etmaslik sharti bilan “oldi-sotdi” shartnomalarini “Eltuz” muxbiriga namoyish etdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimi “yangi uy egalari”dan kamida bir nafarini yaxshi tanishini, uning marhum prezident Karimov xavfsizlik xizmatida yuqori martabali xodim bo‘lganini bildirdi.

Prokuratura xodimining aytishicha, tadbirkorlardan mol-mulkni tortib olish hollari oxirgi oylarda kuchaygan. Bu holga Shavkat Mirziyoevning iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan shaxslarga nisbatan afv farmonini chiqargani sababdir.

MXX xodimlari, “Eltuz” suhbatdoshlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev yomonotliq qilish – “uning orqasidan pichoq urish” – maqsadida afv farmonini oyo osti qilmoqda.

O‘zbekiston prezidentining o‘tgan yil oktyabr oyida qabul qilgan amnistiya qaroriga ko‘ra O‘zbekistonda 40 mingga yaqin odam afv etildi, jumladan tergovda bo‘lgan yuzlab tadbikorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari to‘xtatildi.

Ammo, aftidan, xavfsizlik xodimlari paytdan foydalanib qolishayotgan ko‘rinadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2018
Toshkentda KFC fastfud restoranlari tarmog‘i ish boshladi. Dastlabki restoran «Buyuk ipak yo‘li» metrosi yaqinida 12 sentyabrda ish boshlagani haqida ...
26 sentyabr 2019
Shoir va jurnalist Mahmud Rajab taqdiri borasida O‘zbekistondagi mahalliy jurnalistlarning jur'ati Xorazm viloyati IIBning u haqdagi rasmiy bayonotlarini e'lon ...
10 dekabr 2019
Har yili 10 dekabr Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanadi. 1948 yil ayni shu kuni tarixiy hujjat – Jahon inson ...
23 aprel 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 45-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, ingliz tili ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...