Catira
9 oktyabr 2017

To‘rttasi kirdi, to‘rttasi chiqdi…

Jurnalist Bobomurod Abdullaning qamoqqa olinishi ortidan, o‘zbek hukumati uzoq muddat qamoqda saqlangan bir nechta huquq faollarini ozod qildi.

7 oktyabr kuni «Mazlum» inson huquqlari tashkilotining sobiq rahbari 66 yashar A'zam Turg‘unov turmadan chiqarildi. U kasb faoliyati sabab 2008 yili 10 yilga qamalgan edi.

4 oktyabr kuni, 2008 yili mashinasiga giyohvand modda tashlanib 9 yilga qamalgan, 67 yoshli jurnalist Solijon Abdurahmonov ozod etildi;

3 oktyabr kuni esa, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan qamoqdan chiqdi.

27 sentyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan jurnalist Bobomurod Abdulla «Usmon Haqnazar» tahallusi ostida «amaldagi tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi» maqolalar yozish va «hokimiyatni ag‘darishga urinish»da ayblanmoqda.

Bu haqdagi 1 oktyabrda chiqarilgan sud ajrimi «Eltuz» nashriga 5 oktyabrda kelib tushdi.

Ajrimga ko‘ra, jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan birga yana ikki nafar shaxs, Salaev Ravshanbek va Olloyorov Shavkatjonlar ham hibsda qolmoqda.

Bundan ilgari, 27 sentyabr kuni Toshkent aeroportida qo‘lga olingan yozuvchi Nurilla Otaxonovga nisbatan ham «Bu kunlar» kitobi uchan 159-modda bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan edi.

Kuzatuvchilarning fikricha, huquq faollarining ozod etilishi, hukumatning jurnalist Abdullaev hibsga olinganidan so‘ng paydo bo‘lgan umumiy fonni yaxshilash istagi bilan bog‘liq.

«Ular (ozod qilingan faollar) Bobomuroddan minnatdor bo‘lishlari kerak» deb yozdi Londonda yashovchi tahlilchi Alisher Ilhomov o‘zining Feysbuk sahifasida.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2021
Taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva uzoq xastalikdan so‘ng 83 yoshida olamdan o‘tdi. 16 yanvar kuni u Toshkentdagi Do‘mbirobod qabristoniga dafn ...
13 may 2019
Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va ...
11 mart 2019
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, 4 farzandning onasi, 35 yashar Nargiza Saidovaning feysbuk yuzeri Hayot Baxtiyoro‘g‘li ...
1 avgust 2019
O‘zbekiston ham sharmandali ravishda uyg‘ur qardoshlarimizga bo‘layotgan Xitoy hukumati zulmini qo‘llab chiqqan 50 ta davlat qatoriga qo‘shildi. Adolatdan, o‘z ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...