Asosiy mavzular
25 dekabr 2017

Ana saylov, mana saylov

24 dekabr – yakshanba kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylov xalqning bunday tadbirga umuman ishonchi yo‘qolganini ko‘rsatmoqda.

«Eltuz»ning Toshkent shahridagi saylov uchastkalaridan birida ishlagan manbasining aytishicha, saylovda mazkur saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan minglab saylovchilarning bor-yo‘g‘i 150-200 nafari qatnashgan.

«Bu kechki soat oltigacha bo‘lgan ko‘rsatkich. Negadir bu yil juda sust o‘tyapti saylov. Endi ko‘rsatkich qilish uchun saylov uchastkasi komissiyasi a'zolari uyma-uy yurishga chiqib ketishdi», dedi manba.

Aholining saylovga ishonchni yo‘qotgani prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yilda siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvda ularning ura-urachiligiyu qarsakbozligini tanqid qilgani ortidan kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, kuni-kecha parlamentga qilgan murojaatiga ham prezident deputatlarni hech bo‘lmasa «vovullab qo‘yish»ga da'vat etgan edi.

Aytish mumkinki, davlat rahbarining shuncha chaqiriqlariga qaramay, qo‘g‘irchoq partiyalar sifatida ko‘riladigan siyosiy kuchlar bu safar ham avvalgidek amorf holatdan chiqa olmadi.

O‘zLiDePning sayyohlik avtobuslariga g‘ata-g‘at qilib bir-yarim targ‘ibot qilganini aytmasa, hammasi «eski hammom, eski tos» qabilida bo‘ldi.

«Ertaga saylov natijalari e'lon qilinganida qanday raqamlar ko‘rsatilishi bilmayman. Ammo saylovchilarning bu yilgidek sustkashligi ilgari kuzatilmagan edi. Odamlar majbur bo‘lganidanmi, gap tegishidan qo‘rqqanidanmi, chiqar edi», dedi «Eltuz» manbasi.

Uning aytishicha, bu yil saylovga o‘z nomzodini qo‘yganlar imkon qadar qizg‘in targ‘ibot-tashviqot o‘tkazishga harakat qilgan. Shunga qaramay, saylovdagi faollik darajasi ko‘rsatib turibdiki, aholi bu targ‘ibotlarga qiziqish bildirmagan.

Eltuz

Tag‘in o‘qing
2 sentyabr 2019
«Aka, men ularni oqlamoqchi emasman, unday niyatim ham yo‘q. Men ularning odam ajratishiga ishonqiramay turgandim, xolos. Agar haqiqatan ham ...
15 iyun 2022
30 yildan buyon Toshkentda ishlayotgan turkiyalik 56 yoshli tadbirkor Ug‘ur Aqin (Ugur Akin) “New Life Insurance” MChJdan ikki million ...
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
18 dekabr 2017
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qilgan ma'lumotlarni tahlil etib, rasmiy matbuotda «Ijtimoiy fikr»ga asoslanib aytilganidek, farovonligimiz yuksalayotganini emas, balki so‘nggi ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...