Catira
22 fevral 2018

Jizzaxlik faollar ko‘cha itlarining o‘ldirilishiga qarshi chiqishdi

Jizzaxlik olti nafar faol 21 fevral kuni itlarga qarshi terrorni to‘xtatishni talab qilib, jamoatchilikka va hukumatga murojaat qildi.

Jonivorlar himoyachilari videomurojaatini «Mehr-oqibat» jamiyati vakillari youtube tarmog‘iga qo‘ydi.

«Men itning suyaklari sinayotganini eshitdim. Uni tiriklayin urib o‘ldirishayotgandi», — deya hikoya qiladi Jizzax viloyatining Paxtakor shahrida yashovchi Go‘zal Ergasheva.

«Hayvonlarni himoya qilish» jamiyati faollari tuman hokimligiga qilgan murojaatlari behuda ketayotganini aytishadi.

Ularning bildirishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ularning arziga javoban, «Kimga borsalaring boringlar, biz hech kimdan qo‘rqmaymiz, o‘ldirishda davom etamiz», deb javob berishgan.

25 nafar hayvonot himoyachisi imzo chekkan xatga prokuraturadan 2016 yilning avgustida olingan so‘nggi javobda «Daydi hayvonlarni ushlash» bilan bog‘liq amaliyot chog‘i 70 ta hayvon otilgani, hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabat kuzatilmagani, bu yuzadan chiqarilgan qarorlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatilgani bildirilgan.

Shikoyat egalariga ko‘ra, hayvonlarni ba'zan jonivorlarning egalari ko‘zi o‘ngida o‘ldirib ketishmoqda.

Alina Kim 12 fevral kuni «it ovchilari» qo‘lidan Layka laqabli itini zo‘rg‘a qutqarib olishga muvaffaq bo‘lganini bildiradi.

Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon itini jarohatlashgan. Kuchukning burnidan va og‘zidan qon kelayotgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2017
Prezident Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida qatnashish uchun AQShga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Airbus A340-313 shaxsiy samolyotida bordi. ...
2 mart 2020
Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar bir-biri bilan namunali aloqa o‘rnatish o‘rniga «shovqin-suron ko‘tarish» bilan mashg‘ul bo‘layotganini ma'lum ...
3 noyabr 2021
Rassom Kirpi
4 iyun 2018
O‘zbekistonning 90 foiz bozorini egallagan qo‘shma korxona shaklidagi “O‘zBAT” aktsiyadorlik jamiyati 2017 yil yakunlari bo‘yicha 1 trillion so‘mdan ortiq ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...