Asosiy mavzular
5 mart 2018

Bobomurod Abdullaevning sudi kechiktirildi (video)

Jurnalist Bobomurod Abdullaev, bloger Hayot Nasriddinov, shuningdek, tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloyorovning jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 5 mart kuniga belgilangan sudi 7 mart soat 14:30 ga qoldirildi.

5 mart kuni “Eltuz” nashriga ma'lum bo‘lishicha, toshkentlik huquq faollari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, sudlanuvchilarning yaqinlaridan iborat 50 tacha odam 5 mart kuni ertalabdan sud binosiga kelishgan edi.

“Yevropa Ittifoqi va AQSh elchixonalaridan ham odamlar kelib kutdi”, dedi “Eltuz” muxbiriga toshkentlik faol va jurnalist Malohat Eshonqulova.

Shuningdek, dunyoda eng uzoq qamoqda o‘tirgan jurnalist Muhammad Bekjon ham sudda ishtirok etish uchun Xorazmdan yetib kelgan edi.

Bobomurod Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 27 sentyabrida o‘g‘irlab ketilgan.

Oradan uch kun o‘tib, uning hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

«Eltuz» nashri Abdullaevning sudi bilan bog‘liq jarayonni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2016
2016 yil 19 noyabr O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Jamshid Karimov 2012 yil yanvaridan beri shu kungacha Samarqanddagi psixiatriya kasalxonasida majburan ...
15 may 2019
Bir paytlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga o‘qishga kirayotganimda, hozirgi paytda Feysbukda ham ancha tanilib qolgan amaldorlardan ...
23 iyul 2017
Bundan yuz yil burun Turkistonda ro‘y bergan bu voqea mintaqaning bo‘lingan mamlakatlarida bugun turlicha talqin etiladi. Asli Toshkentda boshlangan ...
18 aprel 2017
Oxirgi yillarda aksariyat o‘zbekistonlik yurtdoshlarimiz orasida Putin, Ramzan Qodirov va Erdo‘g‘on kabi avtoritar liderlarga hayrixohlik ortib borayotgani kishining diqqatini ...
Bloglar
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...
24 sentyabr 2020
So‘nggi paytlarda mendan endi migrantlarning taqdiri qanday bo‘lishi haqida tez-tez so‘rashmoqda. Ayrimlar Rossiyadan qaytayotgan ishsiz ...