Asosiy mavzular
14 mart 2018

MXX nomini o‘zgartirdi, DXX bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi.

Joriy yil yanvarida prezident Shavkat Mirziyoev Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay'at yig‘ilishini o‘tkazib, idoraning ayrim bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyatini tanqid qilgan edi.

Toshkentdagi MXX qarorgohida bo‘lib o‘tgan bu majlisda davlat rahbari Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta'kidlagandi.

«Eltuz» suhbatlashgan toshkentlik mulozimga ko‘ra, joriy yilda «Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilishi kutilmoqda.

1991 yilning 2 noyabrida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining raisi Islom Karimov imzolagan qarorda Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) prezidentning 1991 yil 25 avgustdagi va 26 sentyabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgani aytiladi.

Qizig‘i shundaki, prezidentning mazkur qudratli idoraning bir qo‘lga topshirilishini anglatuvchi nizom haqidagi farmoni ham, bosh vazirning nizomni tasdiqlovchi qarori ham bitta odam – Islom Karimov tomonidan imzolangan.

Yakkahokimlikka asos solingan kun

O‘sha kuni tasdiqlangan MXX nizomida O‘zbekistonning bu eng qudratli nazorat idorasi «O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga bo‘ysunishi» ta'kidlangan.

Shuningdek, o‘sha yili taqdirning taqozosi bilan prezident Islom Karimov bir vaqtning o‘zida bosh vazir ham edi. Bir vaqtning o‘zida ikkita alohida hokimiyat organi ustidan hukmronlik tizginini qo‘lga kiritgan Karimov arqonni uzunroq tashlash va chuqurroq ildiz otishni ko‘zlagan edi.

Asosiy vazifasi mamlakat ichkarisida va tashqarisida «razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug‘ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblangan» maxfiy idoraning bitta shaxsga bo‘ysundirilishi O‘zbekistonda hokimiyatning keyingi 25 yil davomida Karimov tomonidan uzurpatsiya qilinishiga asos bo‘lgan edi.

Bugungi kun parallelidan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida ham bosh vazir va ayni paytda konstitutsiyaga zid o‘laroq, muvaqqat prezidentlik lavozimini qo‘lga kiritgan Shavkat Mirziyoev harakatlarida ayni tarix takrorlanayotganini kuzatish mumkin.

Shuhrat Nusratov: «Ertaga bizni qamashadi, ertaga sizni qamashadi»

1991 yili O‘zbekiston Oliy Kengashining tarixiy yettinchi sessiyasida mazkur nizomning ayni bandini va bu haqdagi prezident farmonini keskin tanqid qilgan sobiq deputat Shuhrat Nusratov ushbu qaror eng yomon oqibatlarga olib kelishini bashorat qilgan edi.

“Razvedka va kontrrazvedka organlari barcha texnik vositalari bilan birgalikda bitta odam, ya'ni Karimovning qo‘liga berib qo‘yilmoqda. Bu mumkin bo‘lmagan bir narsa. Bunga sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar bunga yo‘l qo‘ysak, bizni 37-40 yillardagidek qatag‘onlar kutadi. Oqibatlarni hatto taxmin ham qila olmaymiz. O‘rtoqlar bizni kutayotgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar, ayniqsa, bizning prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak. Ertaga bizni qamashadi. Ertaga sizni qamashadi”, degan edi 1991 yili O‘zbekiston parlamenti minbaridan turib Nusratov.

O‘sha sessiyadagi nutqidan ko‘p o‘tmay Shuhrat Nusratov Kuybishev tumani (hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani) partiya qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimidan olindi, parlamentdan chetlatildi va keyinchalik iqtisodiy ayblovlar bilan qamoqqa olindi.

Yetti yilga qamalgan 69 yoshli sobiq deputat Shuhrat Nusratov 2016 yilning aprel oyida ozodlikka chiqarildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 iyun 2021
Qashqadaryolik o‘qituvchilar viloyat hokimi topshirig‘i bilan har kuni majburiy marafonda qatnashayotganidan shikoyat qilishmoqda. Koson tumani maktablaridan birida o‘qituvchilik qiluvchi ...
21 aprel 2020
Bosh prokuratura 6 apreldan boshlab vatandoshlardan o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘radi. Demak, Absattorning kundaligini o‘qiymiz: «Men Absattor ertamatdan qo‘shnim Abjabbor ...
16 may 2018
«Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida ilk bor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘ldi», deb yozmoqda O‘zbekiston rasmiy matbuoti. “Amerika ovozi” ...
17 iyul 2016
Amalga oshmagan harbiy to‘ntarish ortidan 2745 sudya lavozimidan chetlatildi. Ular orasida Turkiya Oliy xakamlar kengashining 5 a'zosi bor. Ular ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...