Asosiy mavzular
9 aprel 2018

Advokat Mayorov “Jatva” rejasining tergov paytida “yozilgani”ni aniqladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudida jurnalist Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha mahkama majlisi 9 aprel kuni davom ettirildi.

O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuzda ayblanayotgan jurnalistlar Bobomurod Abdullaev, Hayotxon Nasriddinov hamda tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkatjon Olloyorov ishi yuzasidan bundan oldingi sud majlisi 4 aprel kuni bo‘lib o‘tgandi.

Sud ishida qatnashayotgan jurnalist Malohat Eshonqulovaning “Eltuz”ga aytishicha, bu galgi mahkama yana Bobomurod Abdullaev ko‘rsatmalari bilan boshlangan:

“Sud majlisi boshlanganida B.Abdullaevning advokati sudga arizalar bilan murojaat qildi hamda guvoh Abdullaeva Charosni yana so‘roqqa chaqirtirishni so‘radi. Xursand bo‘ladigan jihati shundaki, sudya advokat murojaatidagi deyarli barcha talablarni qabul qildi”.

Shuningdek, Eshonqulova “advokat birinchi marta u bilan B.Abdullaevga ish materiallari bilan tanishib chiqishga ruxsat berilgani, ular birgalikda 6 aprel kuni ish hujjatlari va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib chiqishgani”ni aytganini “Eltuz”ga ma'lum qildi.

Advokatning aniqlashtirishicha, «Jatva» qandaydir qora flesh kartadan chiqqan va Bobomurod bu flesh karta unga tegishli emasligini ta'kidlagan.

Aniqlanishicha, bu flesh karta kimga tegishli bo‘lishidan qat'i nazar, undagi fayllar qayta tiklanmagan. Ya'ni fayllar yaratilgandan so‘ng qanday bo‘lsa, shunday turgan.

Advokat va B.Abdullaev sud materiallari bilan tanishish paytida bu faylning 2017 yilning 14 oktyabrida yaratilib, qayd qilinganligini aniqlashgan.

Bobomurod bu holat yuzasidan sudyaga murojaat qilib, «E, men buni tergov izolyatorida o‘tirganda yozgan ekanman-da», deb kinoya qildi.

Nasriddinov MXXga ayg‘oqchi bo‘lib yollanmoqchi edimi?

Eshonqulovaning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Bobomurod Abdullaev aybnomaning bir jildidan Nasriddinovga tegishli arizani o‘qib bergan:

“Ushbu qog‘ozni o‘qishdan avval Bobomurod Hayotxon Nasriddinovdan qog‘ozdagi imzo unga tegishlimi yoki yo‘qligini so‘radi, Nasriddinov mening imzoim, deb tasdiqladi.

Hayotxon Nasriddinov ushbu arizasida Rustam Inoyatovga murojaat qilib, Muhammad Solih, Nigora Hidoyatova va Sanjar Umarovlar haqida yozgan ekan.

Bu arizani eshitib, sud zalidagilarning hammasi shokka tushdi. Ariza rus tilida yozilgan ekan”, deydi Eshonqulova.

H.Nasriddinov o‘z arizasida Rustam Inoyatovdan imkon berishni so‘rab, agarda imkon berilsa, Muhammad Solih, Nigora Hidoyatova va Sanjar Umarovlar bilan yaqinlashib, ularning ishonchiga kirishini, shu tariqa ularni fosh qilishini, ularning MXX va boshqa organlardagi odamlarini aniqlashtirib, sirlarini ochishini aytgan.

Bobomurod ushbu arizani o‘qigach, Hayotxon Nasriddinovga murojaat qilib: «Bu narsaning menga nima aloqasi bor? Sen Muhammad Solih, Nigora Hidoyatova va Sanjar Umarovlarni yozgansan, buning menga nima aloqasi bor? Nima qilyapti bu arizang mening ishimda?» dedi.

Keyin Bobomurod sudyaga yuzlanib: «Bu stukachlarning arizasi, bu o‘zi stukach bo‘lgan, buning qachonlardir yozgan arizasi bu ishga adashib aralashib qolgan», dedi.

Bugungi sud majlisidagi yana bir e'tiborga molik holat, Eshonqulovaning bildirishicha, Bobomurod Abdullaevning maqolalarini tadqiq qilgan ekspert To‘laganovaning o‘z ko‘rsatmasida, «mening 2018 yilning 18 mart kungi xulosalarim bo‘yicha MXXga ko‘rsatma berishga chaqirishdi», deb aytganidir.

Vaholangki, deydi Eshonqulova, MXX xodimlari sud boshlangandan keyin guvoh va ekspertlarni tergovga chaqirishi mumkin emas. Bu tergov qonunga zid ravishda amalga oshirilgan.

O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblanayotgan 4 kishi ustidan mahkama rus tilida olib borilmoqda.

Kelgusi sud majlisi 11 aprel kuni soat 11:00 ga belgilandi. «Eltuz» nashri sud jarayoni bilan bog‘liq voqealarni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 dekabr 2016
“Hurriyat” gazetasida (21.12) bosma nashrlar haqida chop etilgan maqola sarlavhasini o‘qib, unda dolzarb masala ko‘tarilgan ekan, deb o‘ylashingiz mumkin. ...
12 noyabr 2018
Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnat ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmon ...
29 sentyabr 2016
O‘zbekistondagi ayrim mahalliy internet nashrlari, jumladan, “Kun.o‘z” sayti mamlakat Kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmatining xabarini chop etdi. Bu xabarda ...
26 aprel 2016
Dori darmon muammosi O‘zbekistonda ayniqsa aholiining eng davolanishga ko‘proq muhtoj va ijtimoiy nochor qatlami qariyalar uchun hayot momot masalasi ...
Bloglar
27 yanvar 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi filmda buldozer daraxtzorni surib tashlaydi va ...
18 yanvar 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq ...
13 yanvar 2021
Kun.uz professionallarni ishga qabul qilar emish. Katta maosh, ikki mahal ovqat. Sihatgohning o‘zi-ya! Bunday ishxonani ...