Kundalik
20 yanvar 2016

Ma'rifat ko‘chasidagi fohishaxona yopildi

Peterburgda istiqomat qiladigan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, bu ikki fohishaxonada asosan o‘zbek qizlari ishlagan.

Agar Piterdagi o‘zbeklardan Prosveщeniya ko‘chasi 33 uy haqida so‘rasangiz, ular bu yerda soatiga ikki ming rus rubli berib qizlar bilan dam olish mumkinligini sizga aytishadi.

Hatto ko‘chadagi asfaltga o‘zbekcha reklama trafaret orqali tushirib qo‘yilgan. Bu reklamada “qizlar” deb o‘zbekcha yozilgan va yonida telefon nomeri bor.

“Men telefon qilsam bitta xorazmlik qiz telefonni ko‘tardi. U qiz bir soat dam olish 2500 rubl deb narxni balandroq aytdi” deydi Eltuz manbasi.

Uning aytishicha, seshanba kuni bu islovatxonani politsiya bosib o‘nga yaqin qiz va ularga qorovullik qilgan yigitlarni olib ketishgan.

Bu Piterda yopilgan o‘zbeklarning ilk islovatxonasi emas, Rossiya matbuoti shu yilning 15 noyabrida Xerson ko‘chasida joylashgan foxishaxonaning yopilgani, u yerda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lga, tug‘ilgan yili 1960, 1982 va 1984 qizlarga ma'muriy chora ko‘rilgani haqida yozgan edi.

Sankt-Peterburg shahri Rossiyadagi o‘zbeklar zich yashaydigan shaharlardan biri.

2010 yilgi perepis paytida shaharda 20 345 o‘zbek yashashi qayd qilingan. Ayni paytda shahardagi o‘zbeklar soni haqida turli raqamlar mavjud. Ba'zi norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra shaharda 850 000 o‘zbek istiqomat qiladi.

Zarif Matyoqubov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2020
Hozirgi yoshlar orasida «kalta paypoq» kiyganlar ko‘p yoki ozligini bilmayman. Lekin hozirga kelib aksari (hammasi emas) yoshlar uylanish jarayonida ...
10 fevral 2023
O‘tkan xafta Qaxramon Marash, Malatiya, Usmoniya, Adana, Xatay va G‘ozi Antepdagi yurtdoshlarim uchun og‘ir bo‘ldi. Ular Turkiya tarixidagi og‘ir ...
4 fevral 2021
1 fevral kuni Urganch shahri fuqarolik sudi kelinga bokira chiqmaganlik aybini qo‘yib, uni videoga olib, internetda sazoyi qilgan bir ...
5 yanvar 2021
Rassom Elnur Egamov suratga olgan animatsion filmda poraxo‘rlik asorati hajv qilinadi. Film ijodkorlari uni Sardoba cuv ombori halokatiga 230 ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...