UzPoster
21 may 2018

Mirziyoev: Bosh prokuror qip-qizil o‘g‘ri bo‘lgan

Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijon viloyatiga qilgan safarida korruptsioner sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovni yaqin orada televidenieda gapirtirishini aytdi.

«Mana, bosh prokuror (sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda – tahr.) butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televidenie orqali o‘zini gapirtiraman. Negaki, korruptsiyalashtirib yuborgandi, har bir tuman prokuroridan 30-40 ming dollar olgan. Hammasini qaytarib beryapti. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder! Va boshqa tashkilot rahbarlari ham, MXXning sobiq besh nafar muovini ham qamalib yotibdi. Hammasi o‘g‘ri, qip-qizil o‘g‘ri. Qanday og‘ir bo‘lmasin, men baribir hammasini joyiga qo‘yaman.

Hammasi borib, Boltiqbo‘yida uy qurib olgan. Suratlarini ko‘rsangiz, kechirasiz, Amir Temur bobomiz shuncha millatning rahbari bo‘lib ham unday joylarda yashamagan. Amirlikning shayxlari ham bunaqa joyda yashamaydi. Kimning puli bular – xalqniki. Qodirov kim o‘zi? Qip-qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan. Shuning uchun prokuraturada 70 foiz odam almashdi, halol odamlarni qo‘ydim. Kim xiyonat qilsa, shunday yo‘ldan boradi.

Hammani kechiraman, faqat o‘g‘irlik qilmay, xiyonat qilmasa, u mening do‘stim bo‘ladi. Ana shuni xalqim bilishi kerak», dedi prezident Mirziyoev Kun.uz nashrining iqtibos keltirishicha.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 dekabr 2019
Sharqiy Yevropa kommunizm asorati va Sovet nazoratining 30 yilligini nishonlayotgan paytda Praga shahriga kelgan muxolifatdagi “Erk» demokratik partiyasi lideri ...
15 iyun 2020
Andijonlik 44 yashar Alijon Abdukarimov ichki ishlar xodimlari tarafidan urib o‘ldirildi. Alijonning ortida homilador xotini va uch farzandi qoldi. ...
22 may 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surxondaryo, Farg‘ona, viloyatlari dan ...
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko Tanaka, Ayako Kobayasi va ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...