Catira
21 may 2018

Mirziyoev: DXXchilar oyligi oshadi, ularga uy, bolalariga grant beriladi, o‘qituvchilarga esa yo‘q…

Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijonda o‘tgan yig‘ilishda DXX xodimlariga uy qurish va maoshini ko‘tarishga va'da berdi.

«Hozir qo‘l qo‘ydim: bularga uy quryapman, oyligini ko‘tartiraman», dedi u. Biroq ayni viloyatdagi nutqida iqtisodiyot og‘ir ahvolda bo‘lganligi uchun o‘qituvchilarning maoshini oshirish uning qo‘lida emasligini aytdi.

«Ochig‘ini aytishim kerak, iqtisodiyotimiz juda og‘ir vaziyatda, juda og‘ir kunlarni boshdan kechiryapmiz. Qaniydi qo‘limda bo‘lsa, birinchi navbatda maktab o‘qituvchisining oyligini 10 baravar oshirib qo‘yardim», dedi Mirziyoev Ulug‘nor tumanida 19 may kungi chiqishida.

DXX xodimlariga uy qurib berish, oyligini oshirishdan tashqari prezident qaroriga ko‘ra, 2018–2019 o‘quv yilidan boshlab ularning bolalari, umumiy belgilangan grantlardan tashqari maxsus ajratilgan imtiyozli kvotalar asosida o‘qishga kiradigan bo‘ldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 mart 2017
18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta yashirin fohishaxona ochgan O‘zbekiston vatandoshi 36 yashar Madina Shukurova Istanbul Ota-Turk ...
17 noyabr 2022
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Qashqadaryodan Koson tumanidan. Odamlar 11 kundan beri suvsiz ...
1 noyabr 2018
Prezident Mirziyoevning farmoniga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda cho‘chqa go‘shti va yog‘i eksport qilishdagi cheklovlar olib tashlandi. ...
19 aprel 2019
Raccom TuzEltuz.com
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...