Document UZ
30 avgust 2018

Nega O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilgani haqidagi hisobotga ishonib bo‘lmaydi?

Sentyabr kelib, Mustaqillik sharafiga karnay-surnay, maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq, o‘qish boshlanishi ketidan mamlakatda paxta terimi boshlanadi.

Nafaqat fermerlar, balki o‘quvchi, byudjet tashkilotlari xodimlari ham, ishdan bo‘shatilish yoki o‘qishdan haydalish ta'qibi ostida ular vaqtinchalik “paxtakor”larga aylanishadi.

Lekin, O‘zbekistondagi bu hol, 2015 yildan o‘zgara boshladi: bolalar mehnatiga barham berilishi sharti bilan Jahon banki O‘zbekistonga $500 mln miqdorida kredit berishini ma'lum qildi.

O‘zbekiston hukumatining va'dasida turishini tekshirish uchun mazkur tashkilot Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlaridan iborat guruhni yolladi.

XMT ekspertlari esa, 2015 yili va undan keyingi yillarda O‘zbekistonda odamlar paxta terimiga majburiy yollanayotganini “ko‘rmagani”ni ma'lum qilishdi.

Turgan gap, bu borada boshqa huquq himoyasi tashkilotlarining ma'lumotlari o‘zgacha bo‘ldi. Masalan, “Inson huquqlari bo‘yicha o‘zbek-german forumi” dokladida paxta terimiga maktab o‘quvchilari va byudjet tashkilotlari xodimlari jalb etilgani aks etgan.

Bu farqlarni o‘rganib chiqqan 2016 yili Olster universiteti (Shimoliy Irlandiya) ning kriminologiya bo‘yicha professori Kristian Lasslett “Jahon banki va XMT eng qattiqqo‘l tizimni oqlamoqda” deb nomlanuvchi maqolasini e'lon qildi.

Oradan bir yil o‘tib, professor yana XMT faoliyatini o‘rganadi va uning ishlarida yo‘l qo‘yilgan aniq hatolarni o‘z dokladida ko‘rsatib o‘tadi.

«Ot choptirish»mi yoki tadqiqot?

2018 yil chop etilgan maqola “Avtoritar kontekstda o‘rganilgan majburiy mehnat ko‘lami: O‘zbekistonda XMT monitoringining uchinchi tomondan baholanishi”, deb nomlanadi.

Kritian Lasslett o‘z hamkasbi Vanessa Gstrayt bilan hamkorlikda yozgan maqolada:

1. so‘rov ishtirokchilaridan rozilik olinmagani;
2. paxta terimi ishtirokchilarining ixtiyoriy ravishda suhbatga chorlanganiga shubha mavjudligi;
3. intervyu berganlarni oshkor etmaslikka yaxshi amal qilinmagani;
4. so‘rov ishtirokchilarining haqiqatni gapirish oqibatida jazoga tortilishi ehtimoli va boshqa omillar.

Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari tomonidan ikki turdagi so‘rov ishlari olib borilgan: telefondagi muloqot va shaxsan suhbat o‘tkazish orqali. Ikkisida ham so‘rovning ob'ektiv olib borilganiga shubha qilish mumkin.

XMT telefon orqali o‘tkazgan so‘rovlarida qancha odam qatnashgani va bu ishlar texnik tomondan kimlar orqali amalga oshirilganiga aniqlik kiritishni o‘ziga lozim topmagan.

Dokladning qaeridadir 1000 nafar odam ko‘rsatilsa, qaeridadir 800 raqami tilga olinadi va ayrim sahifalarda o‘zgacha “dumaloq” raqamlar bo‘y ko‘rsatadi.

Respondentlarni tanlash ishlari ham ekspertlarda shubha o‘yg‘otdi. XMT ma'lumotlari bo‘yicha dalada paxta terayotganlarning 70 foizidan ortig‘ini ayollar ekani aytiladi, biroq so‘rovda 68 foiz erkaklar 32 32 foiz ayollar ishtirok etgani yozilgan.

Tadqiqot mexanizmi ham shubhali. Har bir shaxs so‘roviga o‘rtacha 10 daqiqa ketgan. Anketada 25 ta savol borligi hisobga olinsa, har bir savolga javob 16,8 soniyani (salom-alik, maqsadni tushuntirishdan tashqari) tashkil etgan. Bunday tezlikda respondentdan durustroq javob olish amri maholligi turgan gap.

Ishchi guruhi tarkibi ham O‘KUning “Hukumatga yon bosadigan” kvazi tashkilot ekaniga ur-u beradi: Unda XMTdan bitta vakil, O‘zbekiston Kasaba uyushmasi (O‘KU) dan bitta vakil, tarjimon va haydovchi qatnashgan. Chunki, kasaba uyushmasi vakillari deyarli hukumat odami hisoblanadi.

Yana bir muhim omil: respondentlarga hukumat hujjatlari ko‘rsatilgan. Bu hol monitoring mustaqil ravishda olib borilganini shubha ostiga oladi.

Turgan gap, bu yerda respondentlarning oshkora gapirishiga imkon bo‘lmagan. O‘zbekistonda “ortiqcha gap” uchun qamoqxonaga tushib qolish hech gap emasligini hamma yaxshi tushunadi.

Professor Lasslett va uning hamkasbi, shuningdek, suhbatga tortilgan odamlarning hammasi ham dalada ishlaydiganlar bo‘lmaganiga qaratadi. Jumladan, so‘rov paytida hokim va boshqa rahbarlar ham suhbatga jalb etilgan.

63 ta savolga javob berish uchun 14,3 soniya vaqt ketgan. Yana tarjimaga ketgan vaqtni chegirish kerak. Bunday “ot o‘yini, ot chopdirish”ga asoslangan tadqiqotni naqadar jiddiy hisoblash mumkin?!

Nafaqat olib borilgan so‘rovlar metodi, balki XMT xulosalari ham shubha ostiga olinadi.

«2017 yili sentyabrda boshlanib, noyabr oyi boshigacha cho‘zilgan paxta terimiga 2,6 million odam jalb etilgan. Ko‘pchilik paxta teruvchilar qo‘shimcha pul ishlash niyatida ixtiyoriy ravishda dalaga chiqqanlar. Ayrim teruvchilar tushuntirish, bosim orqali va majburan paxta dalasiga chiqqanlar”.

Xalqaro mehnat tashkiloti dokladida mana shunday so‘zlar yozilgan. Aniqlanishicha, o‘sha “ayrim teruvchilar” soni 336 ming nafar o‘zbekistonliklardan iborat. Har qanday standart bo‘yicha bu miqdor “ayrim emas”, “talaygina” so‘zi bilan ifodalanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Lasslett va Gstrayn XMTga tadqiqotlarni mustaqil va shaffof tarzda ma'lumot yig‘ish tavsiyasini berishadi.

Qo‘l uchida yoki xohlamay ishlaganlar

«Inson huquqlari o‘zbek-german forumi» rahbari Umida Niyozova «Farg‘ona» tahririyatiga O‘zbekistondagi XMT faoliyati va professor Lasslett dokladini izohladi.

«Kristian Lasslett dokladi O‘zbekiston paxtachiligidagi bolalar mehnati va majburiy mehnatni monitoring qilayotgan XMT faoliyati qoniqarli emasligi ko‘rsatadi va bu vaziyat jiddiy xavotir uyg‘otadi.

XMT O‘zbekistondagi faoliyati boshidan siyosiy yonboshishga yo‘l qo‘ygan. Buni arzimagan haq yoki mutloq bepul paxta terib berishga majbur etilayotgan minglab o‘zbekistonliklarga nisbatan hiyonat, deb qabul qilish mumkin.

2013 yildan O‘zbekistonda monitoring olib borgan XMT ekspertlari tekshiruvlarining yakunini ko‘rib, o‘shandayoq ko‘pchilik huquq himoyachilarining tarvuzi qo‘ldan tushgandi.

Zero, o‘sha payt huquq himoyachilari o‘z jonini tahlikaga qo‘yib, dalalarda bolalar mehnatidan foydalanilayotganini tekshirdilar. Ularning ayrimlari bu faoliyat ketidan qamoqqa olindilar, ayrimlari mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldilar.

2013 yil kuzatuviga ko‘ra, XMT bolalar mehnatidan foydalanilmaganiga oid xulosa chiqardi. Lekin o‘sha yili 16 va 17 yoshdagi 500 ming kollej talabalari paxta terimiga jalb qilingani barchaga ma'lum.

XMT 2013 yilgi paxta terimi chog‘ida 16 yoshli bolaning nobud bo‘lganini atayin e'tiborsiz qoldirganini aqlga sig‘dirish qiyin. Tashkilot “Ozodlik” radiosiga intervyu bergan o‘lgan bolaning onasi aynan o‘qituvchilar uning o‘g‘lini paxta dalasida yashab, ishlashga majbur qilganlari to‘g‘risidagi so‘zlarini va ushbu voqeani o‘z hisobotiga qo‘shmagan.

2016 yilgi paxta mavsumi to‘g‘risida hisobot tayyorlagan XMT «Reluctant workers» («xohlamay ishlaganlar») iborasini qo‘lladi. Bu ibora byudjet tashkilotlaridan paxta terimiga safarbar qilingan minglab xodimlarning majburiy mehnatga yollanganini ifodalamaslik uchun o‘ylab topilgan.

O‘zbekiston hukumati bolalar mehnatiga barham berishga harakat qilayotganini tan olaman. Lekin 2017 yilgi paxta terimi katta yoshdagilarni majburiy mehnatga safarbar qilinganini yaqqol isbotladi. 2018 yil mobaynida prezident Shavkat Mirziyoev minbardan bir necha bor paxta sektorida majburiy mehnatga barham berish kerakligini ta'kidladi. Prezidentning bu so‘zlari naqadar haqiqatga yaqin ekanini 2018 yilgi paxta mavsumi ko‘rsatadi.

Bu yil ham Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda kuzatuv ishlarini olib boradi. Agar u o‘z faoliyatidagi muhim nuqsonlarni tuzatmasa, u holda uning ishlari ozi bilan ishonchsiz kuzatuv, ko‘pi bilan majburiy mehnatga yollanayotgan odamlar taqdiri uchun xavfli omil bo‘lib qoladi.

Mashaqqatlar mavsumi

So‘ngso‘z o‘rnida 2018 yilgi paxta terimi mavsumi qanday o‘tishini prognoz qilish mumkin.

Respublika qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish dasturida hozirda 1224 dona paxta terish mashinalari borligi aytilgan. Fermerlarga kerakli bo‘lgan texnika tahlili paxta terish uchun yana 3080 dona terim mashinasi kerak.

Bu vaziyat, tag‘in hosilning katta qismi qo‘lda terish, o‘qituvchilar o‘z o‘rinlaringa o‘z oyliklaridan “terimchi” yollashlari kerakligini anglatadi.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat “eski tajriba” – “o‘z ixtiyori bilan Vatan oldidagi rejani” bajarishga otlangan odamlardan tilxat olishni yo‘lga qo‘yadi.

XMT monitoringgiga kelsak, paxta terimi mavsumi tugagach, XMT O‘zbekiston hukumati qulog‘iga muloyim eshitiladigan bir tomonlama tekshiruv yakunlarini bayon qiladi.

Aziz Yakubov
“Farg‘ona” xalqaro axborot agentligi maqolasidan qisqartirib olindi

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2020
O‘sha mash'um 30-yillarda millatimiz oydinlarining qatag‘onlari tepasida turganlar orqasida nafaqat millat xoinlari, balki millatimizning chinakam tashqi dushmanlari ham ko‘p ...
2 may 2015
AQSh Davlat departamenti matbut vakili Jeff Ratke 1 may kuni Vashingtonda o‘tgan matbuot brifingida O‘zbekiston hukumatini uzoq yildan beri ...
29 mart 2018
Farg‘onada eshaklar ko‘plab so‘yilayotgani, go‘shti esa somsaga ishlatilayotgani 23 mart kuni «O‘zbekiston 24» kanali orqali namoyish qilingan, hali aybi ...
23 may 2020
Bugun Turkiston xalqining milliy ozodligi uchun kurashgan Munavvarqori Abdurashidxonning NKVD jallodlari tomonidan o‘ldirilgan kundir. Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tug‘ildi. ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol mollari ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...