O‘zbekistonda taqiqlangan qo‘shiqchi Iosif Kobzon o‘ldi
Karimov davrida O‘zbekistonda kontsert faoliyati taqiqlangan Rossiyalik qo‘shiqchi Iosif Kobzon 30 avgust kuni 80 yoshida o‘ldi.
O‘zbekistonda “kriminal avtoritet” deya tanilgan Salim Abduvaliev nevarasining 2014 yili Toshkentda o‘tgan nikoh to‘yiga O‘zbekistonda kontsert faoliyati rasman taqiqlangan rus-sovet qo‘shiqchisi Iosif Kobzonni olib kelgan edi.
Sovet o‘tmishini ulug‘lovchi qo‘shiqlar ijro qilgani bois, Putinparast Iosif Kobzonning 2004 yildan boshlab O‘zbekistonda kontsert uyushtirishi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tarafidan taqiqlangan.
Kobzonning o‘zi bu taqiq orqasida Sovet propagandasidan masofalanishni istagan O‘zbekiston prezidenti turganini matbuotga bildirgan edi.
Sovet qo‘shiqchisi sifatida O‘zbekistonga kiritilmagan Iosif Kobzon: “Karimov mening ovozimdan cho‘chiydi, chunki bu ovoz Islom Karimov shaxsiyatida sho‘ro odamini tarbiyalagan”,- degandi.
Eltuz.com