Document UZ
31 avgust 2018

Huquq himoyachisi A'zam Turg‘unov jarimaga tortildi

Toshkentning Shayontovur tuman Ma'muriy sudi, 30 avgust kuni taniqli huquq himoyachisi, 67 yashar, A'zam Turg‘unovni «hokimiyatga bo‘ysunmaganlik»da ayblab bir minimal ish haqi miqdorida jarimaga tortdi.

Turg‘unovning «Eltuz» nashriga bildirishicha, uning jazolanishiga odamlarning norozilik chiqishini tasvirga olgani sabab bo‘lgan.

«Asli voqea 29 avgust kuni bo‘ldi. Biz Maloxat Eshonqulova bilan Mamadali akani birrov ko‘rib kelish uchun yo‘lda ketayotgan edik. Plakatlar ko‘tarib turgan olomonni ko‘rib to‘xtadik. Men shu yerda video va rasmlar oldim. O‘sha yerda bittasi telefonimga yopishib oldi. Men uni itarib yubordim», dedi Turg‘unov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan u yerda qiy-chuv janjal boshlangan. Turg‘unov yana ozroq surat olib qaytmoqchi bo‘lganida, uni poylab turgan militsiya xodimlari ushlab, qo‘lini qayirib mashinaga solib olib ketishgan. Telefonini tortib olishgan.

Shayhontovur tuman IIB bo‘limida Turg‘unov unga, «miting qilganlarni suratga olish mumkin emas, militsiyaga qarshilik ko‘rsatish mumkin emas»ligini tushuntirishganini aytadi.

Turg‘unov bunga e'tiroz bildirib, taqiqlangan joyda emas, ko‘chada tasvirga olganini aytgan.

Turg‘unovning «Eltuz»ga bildirishicha, shu kuni protokol xujjatlashtirib soat 14.30 dan soat kechki 18.30 gacha uni ushlab o‘tirishadi.

Kechki payt, soat 19.00 larda uni ushlagan militsiya tezkor xodimi Rustam Murodov uni Shayhontovur tuman sudiga olib boradi.

30 avgust kuni sudya Zulunova Sanjar, Ma'muriy Kodeksning 194 moddasiga ko‘ra eng kam ish haqi miqdorida jarima qo‘llaydi.

Huquq faollari, unga «og‘irroq jazo» qo‘llanilmaganiga, jamoatchilik vakillarining bosimi, jumladan sudga, AQSh elchixonasi vakili Piter Pol Galusning kelishi sabab bo‘lganini aytishmoqda.

Biroq, A'zam Turg‘unov «Eltuz» nashriga Mustaqillik bayramidan keyin sud qarori ustidan ariza yozish niyatida ekanini bildirdi.

Uzoq yillar huquq himoyachisi bo‘lgan A'zam Turg‘unov 2008 yili kasb faoliyati sabab 10 yilga qamalgan. 2017 yilning 7 oktyabr kuni ozod etilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 noyabr 2022
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar, mo‘chchi oybika ham ...
11 may 2018
Davlat soliq qo‘mitasi rahbari 71 yoshli Botir Parpiev 11 may kuni raislikdan bo‘shatildi. Bu haqda bildirgan O‘zA axborot agentligining ...
29 noyabr 2023
Milliy gvardiya o‘z xodimlariga qilingan hujumlar uchun jinoyat olamidan qasos olgani aytilmoqda. Salom Qadrli muxlislar bugun 29 noyabr  Eltuz ...
6 yanvar 2021
Tinch tururmi bu ko‘hna dunyo, Tinch tururmi dog‘uli zamon… A.Oripov. Koronavirusning yangi shtampi deyilyapti. Bu qanaqasi ekan?! Yangi shtamp ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...