Asosiy mavzular
9 oktyabr 2018

Mirziyoev tashrifiga Parijda Rustam Inoyatov niqobini kiyib chiqishdi

Frantsiya poytaxti Parijda 9 oktyabrda prezident Mirziyoevning rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan norozilik aktsiyasi ishtirokchilari turli shiorlar bilan birga MXX sobiq raisi Rustam Inoyatov niqobini kiyib chiqishdi.

«Prezident Mirziyoev bu shaxsni ishdan ketkazganida ko‘pchilik judayam xursand bo‘lgan, jumladan, xalqaro hamjamiyat ham olqishlagan edi. Biz Inoyatovning jinoyatlari kelgusida ochilib boradi, degan niyatda edik. Lekin oxirgi voqealar buning judayam aksini ko‘rsatyapti. Judayam salbiy voqealar guvohi bo‘lyapmiz», dedi Shvetsiyadan tadbirga yetib kelgan o‘zbek faoli Dilobar Erkinzoda ijtimoiy tarmoqda qilgan jonli yoyinida.

2018 yilning yanvarida prezident Mirziyoev tanqididan so‘ng Rustam Inoyatov O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) raisligidan olingan edi.

27 avgust kuni esa prezident farmoni bilan MXXning sobiq raisi Inoyatov islohotlarning borishi va huquq-tartibot faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi.

Rustam Inoyatovdan tashqari, aktsiya ishtirokchilari Rossiya mafiyasiga aloqador ko‘rilgan Salim Abduvaliev, Alisher Usmonovning ham niqoblarini kiyib olishgan.

Aktsiya tashkilotchisi Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Otaevaga ko‘ra, namoyishchilar O‘zbekistondagi siyosiy mahkumlarni ozod qilish, so‘z erkinligi va demokratik islohotlar o‘tkazishni talab qilishmoqda.

Ayni paytda Parijning Yelisey saroyida so‘nggi 22 yil davomida ilk bor O‘zbekiston va Frantsiya prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 mart 2017
18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta yashirin fohishaxona ochgan O‘zbekiston vatandoshi 36 yashar Madina Shukurova Istanbul Ota-Turk ...
3 noyabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 2 noyabr kuni Namangan viloyat radiosining «Radiomaqola» dasturida Ozodlik radiosi xaqida gap bordi. deb xabar berdi ...
27 iyun 2023
Qabristonda yashayotgan oila, svet, gaz muammosi va oyligi to‘liq berilmagan ishchilar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular ...
21 dekabr 2023
Eltuzning bir biridan mustaqil ikki manbasining ma'lum qilishicha, xalq orasida Salimboyvachcha nomi bilan tanilgan taniqli tadbirkor Salim Abduvaliev Rossiya “jinoyat ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...