Catira
7 noyabr 2018

Kesak ko‘targan qamaldi, ko‘tartirgan hokim bo‘ldi

Hokimlik mulozimlari va fermerlarga kesak ushlatib, suvli ariqqa tushirib, mashina oldida yugurtirib sazoyi qilgan amaldor Zoyir Mirzaev ishdan olingach,  Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Ammo sazoyi qilinganlarning biri 26 oktyabrdan buyon qamoqda qolmoqda.

4 noyabr kuni «Ozodlik» radiosi muxbiri Sadriddin Ashurovning xabar berishicha, 26 oktyabr kuni kesak ko‘tartirilgan 6 kishining biri – tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Qosim Bozorboev hibsga olingan va tergovga tortilgan.

Toshkent viloyatining Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida ro‘y bergan voqea – shaxslarning omma oldida sazoyi qilinishi fakti shu paytgacha na hukumat, na sobiq amaldor tomonidan rasman izohlanmadi.

Ijtimoiy tarmoqda rasmlari tarqalgach, shu kuni g‘allani sug‘ormagani uchun suvga bo‘ktirilganlarning ikkitasi «ariqqa o‘zlari» tushganlarini bildirishgan va bosh vazir o‘rinbosarining aybini inkor etishga urinishdi.

Prezident Mirziyoev majburiy mehnat mavzuiga oid yig‘ilish yakunlariga ko‘ra chiqargan 29 oktyabr kungi farmoyishi bilan bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzaevni g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olgan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 sentyabr 2016
16 sentyabr kuni O‘zbekistondagi O‘zLiDep partiyasidan mamlakat vaqtli prezidenti Shavkat Mirziyoevning nomzodini ilgari surilgandi. Uning ortidan rasmiyatchilik uchungina ko‘rsatiladigan, ...
12 fevral 2021
Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli bo‘lgan 40 yoshli bloger Otabek Sattoriy ishi ancha shov-shuv, munozara va e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu voqeaga nafaqat mahalliy, ...
19 avgust 2023
2023-yil 18-avgust kuni tvitterda Tolibon rejimi amaldori bachabozligi tasvirlangan video e'lon qilindi.  Bu O‘zbekistonda ba'zilar qurishni orzu  qiladigan Tolibon ...
4 mart 2019
Ha, yana yozamiz, yozaveramiz. Toki bu mukofot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni ado etmaguncha, ya'ni yosh qizlarning kelajakka motivatsiyasini oshirishga ...
Bloglar
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...