Asosiy mavzular
26 noyabr 2018

Malohat Eshonqulova: “O‘zbekistonda majburiy mehnat avj olishiga MOTning ham hissasi bor”

Mustaqil jurnalist va huquq himoyachisi Malohat Eshonqulova O‘zbekistonda majburiy mehnat bartaraf etilishi o‘rniga avj olib borayotganida Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT)ni ham aybladi.

MOTning O‘zbekistonda majburiy mehnatga oid hisobotiga bag‘ishlangan tadbirda so‘zga chiqqan M.Eshonqulova mamlakatda majburiy mehnatga barham berishga imkon qadar harakat qilinayotganini e'tirof etsa-da, vaziyat yaxshilanmayotganini bildirdi.

U mamlakatda faoliyat boshlagan chet el tashkilotlarining ish uslubi mahalliy hukumatnikidan qolip olayotganini tanqid qildi.

“Rahbariyatimiz ularga taqlid qilmaydi, aksincha, ular bizning qolipimizga tusha boshlaydi. Ana shu narsa meni ham tashvishga soladi”, dedi mustaqil jurnalist.

M.Eshonqulovaning so‘zlariga ko‘ra, “to‘rt-besh yildan buyon Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistondagi haqiqiy ahvolni bayon etish o‘rniga negadir ularni xaspo‘shlashga, mahalliy rahbarlarning aybini yopishga, haqiqatdan ko‘z yumishga urinmoqda”.

“Agar MOT o‘zining vazifasini sidqidildan bajarganida edi, soxta hisobotlarga berilmaganida edi, bugun holat mana shu darajaga kelmagan bo‘lardi”, dedi u.

M.Eshonqulova, shuningdek, MOTning paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga oid monitoringlarda bunday tadbirlarni o‘tkazish tajribasiga ega mahalliy huquq himoyachilarini emas, tajribasiz faollarni jalb qilayotganini tanqid ostiga oldi.

U MOTni bunday ish uslubi bilan hukumatga yoqadigan qilib tayyorlanadigan hisobotlarini oqlash uchun “Biz mahalliy fuqarolik jamiyati vakillari bilan monitoring qildik”, degan o‘ziga xos qalqon yaratayotganlikda aybladi.

“O‘sha tanlab olingan odamlarga achinaman men. Ularda jasorat bo‘lishiga shubham bor. Jasorat bo‘lishi uchun odamda yo‘qotadigan narsaning o‘zi bo‘lmasligi kerak”, dedi huquqbon.

“Xorijlik mehmonlar kelaveradi, ketaveradi, bu Vatan bizniki, muammo bizniki, yutuq bizniki, baxt ham, baxtsizlik ham o‘zimizniki. O‘zimizni o‘zimiz aldamaylik. Bizga xonlik qiladiganlar emas, balki haqiqiy teng huquqli xorijiy hamkorlar kerak”, deya qo‘shimcha qildi M.Eshonqulova.

Mustaqil jurnalist bu yilgi mustaqil monitoring o‘tkazish jarayonida zo‘ravonliklarga duch kelgani, xususan, telefoni sindirib tashlanganini ma'lum qildi.

Joriy yilgi paxta terimi mavsumida majburiy mehnat haqida gapirgan yana bir huquq himoyachisi Yelena Urlaeva esa o‘zi guvoh bo‘lgan ko‘plab qonunbuzarliklar haqida gapirdi.

U o‘z chiqishi davomida O‘zbekistonning turli hududlarida bo‘lgani, barcha joylarda majburiy mehnat holatlariga duch kelganini misollar bilan aytib berdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov hozir mamlakatda kuzatilayotgan fermerlarning qasamyod qilish marosimlariga e'tiborni qaratdi.

U bu marosimlar mehnat qonunchiligiga qanchalik mos kelishi haqida mutasaddi vazir o‘rinbosariga savol berdi.

Hukumat vakili bu savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan qochib, masala mavjud qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilib, javobi jamoatchilikka yetkazilishini va'da qilish bilan cheklandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 dekabr 2016
O‘zbekiston Oliy Majlisi senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida Abdulla Oripov nomzodi Bosh vazirlikka tasdiqlandi. Telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiyalar bois ...
26 fevral 2018
O‘zbekiston hukumati tashqi mehnat migratsiyasini tizimli bir shaklga solish yo‘lidagi navbatdagi qadamini tashladi. Xabarlarga ko‘ra, Rossiyaning bir necha federal ...
17 noyabr 2020
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘raevning o‘z qo‘li ostidagilarni so‘kishlari aks etgan audio 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ...
3 noyabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 2 noyabr kuni Namangan viloyat radiosining «Radiomaqola» dasturida Ozodlik radiosi xaqida gap bordi. deb xabar berdi ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...