Asosiy mavzular
8 yanvar 2019

Shvetsiyada terrorchilikka aloqadorlikda ayblanayotgan olti o‘zbekning sudi maxfiy zalda boshlandi

Shvetsiyada terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilingan olti nafar o‘zbek ustidan sud 7 yanvar kuni ertalab Ctokgolm okgrug sudining maxfiy zalida boshlandi va o‘zbek tarjimonlari yetib kelmagani bois vaqtincha kechiktirildi.

Soat 11.00 ga yaqin (bitta o‘zbek va ikkita rus tarjimoni yetib kelgach) sud o‘z ishini davom ettirdi. Bundan avval «Eltuz» o‘z manbalariga tayanib mahkamaning Solna tumani sudida o‘tishi haqida xabar bergan edi.

Uch nafar ayblanuvchi – David Idrisson (Farhod Toshmuhammedov), Baxtiyor Umarov, Otabek Abdullaev kishanlangan holda sud zaliga keltirildi.

Bosh prokuror Per Lindkvist (Per Lindqvist) sud ishini ayblov tomoni xulosasini bayon qilishdan boshladi.

Uning bildirishicha, shved maxfiy xizmati SAPO bo‘lajak jiddiy miqyosdagi xavfning oldini olgan. 

«Eltuz» nashri ilgari xabar qilganidek, o‘zbekistonlik Akromjon Ergashev, G‘ulom Tojiev , Farhod Toshmuhammedov, Shoahmad Mahmudov, Baxtiyor Umarov, qirg‘izistonlik Otabek Abdullaevga qarshi Stokgolm sudida «Islomiy davlat» (IShID terror tashkiloti)ni moliyalash va Yevropa davlatlarida keng miqyosda terror aktlariga tayyorgarlik ko‘rish ayblovi ilgari surilmoqda.

Sudlanuvchilarning to‘rt nafari 2018 yilning mayida qo‘lga olinib, ularning biri qo‘yib yuborilgan. 29 dekabr kuni yana uch nafar o‘zbek hibsga olingan edi. Sud 11 fevraliga qadar davom etadi. «Eltuz» nashri jarayonni yoritib boradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 noyabr 2024
– Mana xafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman.  MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
8 iyun 2017
Andijon Hususiy avtomobillar bozorida ham narxlar keskin ko‘tarilib ketdi. GM Uzbekistan shirkati 31 may kuni mamlakat ichki bozorida avtomobillarini ...
30 may 2016
Universiada O‘zbekistonda uch bosqichda, uch yil davomida o‘tadigan musobaqaning Oliy o‘quv yurti talabalari uchun o‘tadigan qismi bo‘lib, birinchi bosqichda ...
28 yanvar 2021
Jahongir Otajonov va putincha siyosiy texnologiyalar. Otajonov partiyasini registratsiyadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga bordi. Partiyasining nomi «Xalq manfaati», xuddi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...