Asosiy mavzular
18 yanvar 2019

Olotchasiga «Mimino» yoki hokimlar va fermerlar masalasining «ponyatka»ga ko‘ra yechimi

O‘zbek matbuoti Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Sherali Salomov yig‘ilishda fermer Orif Durmatovni kaltaklagani va shu yilning 9 yanvarida «jamoat ehtiyojlari» uchun 25 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berishga majburlagani haqidagi xabarlarni tarqatdi. Hokimning o‘zi bu faktni rad etmayapti, uni «shaxsiy manfaatlari uchun urmagani»ni ta'kidlamoqda.

Olot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari hozir bu ish bo‘yicha prokuratura surishtiruv olib borayotganini bildirdi. Bir qarashda adolat tantana qilishi va hokim munosib jazosini olishi kerak. Lekin ish boshqacha. Bamisoli 90-yillar boshida urf bo‘lgan «o‘g‘rilar razborkasi» stsenariysidagi kabi Buxoro viloyati hokimi tuman hokimi va fermerni yarashtirmoqchi.   


«Agar yarashishga rozi bo‘lmasa-chi?

– Rozi bo‘lmasa, gazini o‘chiramiz (erini tortib olamiz)»

Agar siz Olot tumani hokimi tarjimai holiga nazar tashlasangiz, uning 2008-2011 yillarda Buxoro viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlaganini ko‘rishingiz mumkin. Bu juda mas'uliyatli lavozim bo‘lib, 2000-yillarda bunday mansablarda 3 yil ishlash uchun juda katta aql va qobiliyat egasi bo‘lish talab qilinardi yoki…

U 2011 yildan buyon u Olot tumaniga doimiy rahbarlik qiladi, shuning o‘zi ham bir favqulodda hodisa. Chunki bu vaqt ichida viloyatning ikkita hokimi o‘zgardi, tumanlarning deyarli barcha hokimlari yangilariga almashdi. Yana bir jihat, «suvga bo‘ktirish va tosh ko‘tartirish tajribalari» hamda «o‘zboshimcha fermerlarni tarbiyalash» ishlari bilan mashhur sobiq bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzaev ham aynan qishloq xo‘jaligini boshqargan edi. Tasodifmi bu?

Faqat voqea surishtiruvida qonunga qanchalik rioya etilarkin? Ayni hodisaga bog‘liq vaziyat Olot hokimining «yuqori»da ishni to‘xtatishga urinayotgan kattakon homiylari borligidan darak bermaydimi?  Bu voqealarning bari mashhur «Mimino» filmi sud sahnasidagi kabi hokimning «engil qo‘rquv» bilan qutulib qolishiga olib kelmaydimi? Go‘yo quyida keltirilgan suhbatdagi kabi?

«Menga qara, do‘stim, sening yaxshi tanishlaring bor. Obro‘li odam ekaning shundoq yuzingdan ko‘rinib turibdi. Men bu hokimni o‘z manfaatim uchun urganim yo‘q, bu yomon fermer darhol spravka to‘g‘rilavoldi. Yurgin, sen ham qo‘shimcha guvoh o‘rniga o‘tasan…  

– O‘rtoq viloyat hokimi, ushbu voqea yuzasidan bizga nimalarni ayta olasiz?

— Men hammasini aytishim mumkin… — Mana bu …fermer… majlislar zaliga kirib keldi. Sheralijon bo‘lsa… tuman hokimi… «Assalomu alaykum, qadrdonim», dedi. Jabrlanuvchi bo‘lsa: «Kechirasiz, men qarzlarimni uzishim kerak…», dedi. Uning o‘g‘li bo‘lsa, ko‘chaga chiqib qichqira boshladi – «tez yordam, tez yordam…». Men bo‘lsam: «Sheralijon, yarashgin» dedim…  va yarashishdi…

— Demak, siz tuman hokimi fermerga o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida musht tushirmagan, deya hisoblaysiz?

— Albatta, tushirmagan! U uyiga ketayotgan bo‘lgan, Sheralijon uning burnini sindirishi aslo mumkin emas edi…

— Demak, burnini sindirmagan?

— Nega sindiradi?

— Axir o‘zingiz shunday dedingiz-ku…

— Menga qara, men qonunni yaxshi bilmayman… U uyiga ketayotgan bo‘lgan, Sherali esa seyfni taqillatib, «muhr» dedi… pul… xohlayapti, 25 million… Shunday savollarni beryapsizki… hatto javob berish noqulay…

— O‘rtoq viloyat hokimi, demak tuman hokimi fermerning hisobidan pul ko‘chirgan, shundaymi?

— Haaa! Ko‘chirgan… nega buni inkor qilay?! Biz uyga ketganimizda u tasodifan to‘lovni bankka jo‘natgan, begonalarning qarzini uzish uchun…

— Ayting-chi, tuman hokimi fermerga nisbatan shaxsiy yomonlik tuyg‘usini bildirganmi?

— Haaa! bildirgan! Buni uning o‘zi menga aytgan: «Men fermerlarga nisbatan shunday shaxsiy yomonlik tuyg‘usini his qilyapman, ular menga – Olot tumanining katta boyiga, xoniga bo‘ysunishni istashmayapti, allaqaysi qonunlarni pesh qilishyapti, hatto ovqatim tomog‘imdan o‘tmayapti», deb aytgan…

— Tuman hokimi esa u fermerlarning muammolari bilan umuman tanish emasligini tasdiqlayapti…

— Meni eshitgin. Qaerdan u tanish bo‘lsin?! U kasalxonaga ketayotganida Sherali mendan so‘radi: «Kiiim ekan bu fermer? Uning qanday qarzi va nima muammolari bor ekan?? Men, dedi, birinchi marta ko‘ryapman gapiradigan va menga e'tiroz bildiradigan fermerni, dedi!»

― O‘rtoq viloyat hokimi, siz aytyapsizki, tuman hokimi fermerlarning muammolari bilan tanish bo‘lmagan deb. Unda nimaga ularni chaqirgan?

― Unga jamoatchilik ehtiyojlari uchun xarajat qilish zarur bo‘lib qolgan, uning moliyaviy rejasini esa… Nimalarni o‘ylayapti, men bilmasam? Barmog‘ini manglayi ustida aylantiryapti, aylantiryapti…

― Bu kimning ideasi edi?

― Mening ideyam edi, men doim shunday qilaman. Sheralining, Olot hokimining puli tugagan, men unga fermerlardan olib turgin, deb maslahat berdim.

― Unday bo‘lsa, nega u byudjetga bu pullarni kiritmadi?

― Axir, qaysi kiroyi hokimning byudjeti pulsiz bo‘lsin? U restoranga borgan, u yoqqa – bu yoqqa, tamaddi qilgan…  tugagan.

…Xullas, agar Olotga yo‘lingiz tushsa, albatta, kirib o‘ting! Hammani yarashtiramiz va Olotning mashhur somsasidan tatib ko‘rishni unutmang! Uning tayyorlanish jarayonida bir tomchi ham fermer qoni to‘kilmagan».

Laziz Xo‘jaqulov
Eltuz tarjimasi

Tag‘in o‘qing
8 iyun 2018
«Zarafshon» zonasiga etap qilingan siyosiy mahkum Muhammad Bekjon 2002 yilning bahorida ayni modda bilan tuhmat qilib ayblangan Rustam Mamatqulov ...
24 mart 2020
Koronavirus karantini bois hukumat 24 martdan boshlab Toshkentga kirish va chiqishni noma'lum muddatga taqiqladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan ...
10 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
1 mart 2024
Yo‘lga chiqyapman. Muqimiy aytganidek, qolmay shaharga toqatim, qishloq chiqardim odatim. MS: Og‘o shu suvuqda, o‘yda, o‘joqni yoninda o‘tiravaring o‘t ko‘lab. Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. RT: Matchonboy, bir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...