Catira
23 yanvar 2019

Majburiy obuna to‘xtatilsa, qog‘oz gazetalar o‘ladi

O‘zbekistonda majburiy obunaning taqiqlanishi ko‘plab mahalliy gazeta va jurnallarning yopilishiga olib kelishi mumkin.

11 yanvar kuni «Normativ-huquqiy hujjatlar» portalida e'lon qilingan “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bandiga ko‘ra, endilikda o‘qituvchilarning «bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish qonun bilan man etiladi».

«Moliyaviy ahvolimiz chatoq. Bu yil atigi 400 ta obuna bo‘ldi. Majburiy obuna yo‘q bo‘lib gazetalar yopilish arafasida», dedi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda o‘z ismini ochiqlashni istamagan Farg‘ona viloyati gazetalaridan birida ishlovchi xodim.

Gazeta xodimining so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha u ishlaydigan gazetaning doimiy obunachilari o‘qituvchilar bo‘lib kelishgan.

Uning tag‘in bildirishicha, majburiy obunaga yo‘l qo‘ymaslik haqida aytilayotgan bo‘lsa-da, mahalliy gazetalarning «yuqorida tankasi borlari ilinib olyapti».

«Masalan, «Vodiy gavhari» degan jurnal va gazeta bor. O‘shaning muharriri Andijon viloyati hokimining jiyani bo‘ladi. «Saodat», «Hurriyat», «Xalq so‘zi» kabi markaziy gazetalar qatori unga ham davlat tashkilotchilari ishchilariga majburiy obuna qildirildi», deydi gazeta xodimi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2017
Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda. Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat ...
27 sentyabr 2018
«Abdulhamid Cho‘lponni ottirishda faol ishtirok qilgan o‘zbek yozuvchi va shoirlari Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom va Hamid Olimjon O‘zbekistonda hali ...
4 may 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Bu partiya men orzu qilgan ikki maqsadni ko‘zlagan edi. Birinchisi Sovet Ittifoqidan butkul ajralib chiqib erkin ...
17 iyul 2022
Hurmatli kanalimiz obunachilari va aziz mehmonlar! Eltuz pochtasiga kelgan, o‘zbekistonlik tahlilchi tomonidan bitilgan quyidagi maqolani rus tilidan siz uchun ...
Bloglar
26 mart 2023
Toshkentda Rauf Parfining ilk haykali ochiladi. 27 mart soat 11 da Tadbir Amir Temur prospektidagi ...
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...