Kundalik
11 may 2019

Tintuv qilingan Mahmud Rajabning uyidan «Payg‘ambarlar tarixi» kitobi olib ketildi

Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajabning uyiga 10 may kuni soat kechqurun 18.30 da o‘zlarini BIB xodimlari deb atagan 10 nafar shaxs kirib kelishgan.

Bu haqda «Eltuz»ga urganchlik mahalliy jurnalist xabar berdi. Shuningdek, uning bildirishicha, bu shaxslar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zokir Vaisov va uchastka profilaktika noziri Umrboylar hamda Urganch shahridan olib kelingan «xolislar» ishtirokida Mahmud Rajabning uyida kechki soat 20.30 larga qadar tintuv o‘tkazishgan.

«Eltuz» suhbatdoshining bildirishicha, Mahmud Rajabga tintuv qilish qarorini o‘qish va tanishib chiqish uchun imkon berilmagan.

Tintuv jarayonida Mahmud Rajabning uyidan noutbuk, yangi uyali telefon, bo‘sh disklar hamda Muhammad Solihning «Payg‘ambarlar tarixi» kitobi va Oydin Solihning tabobat hususidagi kitoblari olib ketilgan.

Shuningdek, uning uyidan fermerlar bilan bog‘liq turli ma'lumotlar bitilgan 7 varaq qog‘ozni bayonnomada 7 ta varaqa topildi deb olib ketishgan.

Suhbatdoshga ko‘ra, Mahmud Rajab tintuv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomaga o‘z huquqlari poymol etilganligi va tintuv qonun talablariga xilof ravishda o‘tkazilganligi bois imzo chekishdan bosh tortgan.

Hozirgi paytda Mahmud Rajab o‘z uyida. Tintuv jarayoni boshlanish jarayonida uyda uning faqat o‘zi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan bog‘lanishga va ularga xabar berishga ruxsat etishmagan.

U talab qilaverganidan so‘nggina ikkita qo‘shnisini chaqirishgan. Shundan keyin tomorqada yurgan xotini xabar topib kelgan.

“Eltuz” nashri 26 mart kuni Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotganida Toshkent aeroportida ushlangan, Yevropa birdamlik markazi seminarida qatnashgan shoir Maxmud Rajabning yonidan chiqqan kitoblar va telefoni musodara qilingani haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 iyun 2020
O‘zbekiston inson huquqlari forumi (Uzbek Forum) tashkiloti e'lon qilgan yangi hisobotda majburiy mehnatni bartaraf etishda erishilgan sezilarli olg‘a siljish ...
10 sentyabr 2017
9 sentyabr kuni XRV vakillari Xyu Uilyamson (Hugh Williamson) va Stiv Sverdlov (Steve Swerdlov) Xorazm viloyatiga borib, o‘tgan yili ...
2 oktyabr 2015
Kecha sharmandali bir voqeaning guvohi buldim. Yozyovon yo‘lidagi Shahartepa qishlog‘iga bir ish bilan bordim. Yo‘lning ikki chetini 100 dan ...
5 aprel 2016
3 aprel kuni O‘ktam Pardaev uyining darvozasi oldida, oq rangdagi, nomeri 25 B 239 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumidagi avtomobil ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...