Asosiy mavzular
21 may 2019

Samarqandlik bog‘bon uylari nohaq buzilganidan arz qilmoqda

Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 60 yashar bog‘bon Norqul Hotamov turar joy va issiqxonalardan iborat ko‘chmas mulklarini tumanning sobiq hokimi nohaq buzib tashlatganidan shikoyat qilmoqda.

«Endi qurib bitkazib, yashamoqchi edik. Hokim yerni boshqa kishiga olib bermoqchi bo‘lgan. Avvaliga avtostoyanka quramiz deb bahona qilishgan edi. Endi esa u yerda kotlovan qazib tashlashgan», deydi Hotamov.

Uning «Eltuz»ga bergan suhbatidan ma'lum bo‘lishicha, bu mulklar Samarqand viloyatining o‘sha paytdagi sobiq hokimi Zoir Mirzaev davrida, Tayloq tumani sobiq hokimi Po‘lat Ahmedov buyrug‘i bilan 2014 yili buzib tashlangan.

«Mulklarimni uch marta kadastrdan o‘tkazgan edim. «O‘g‘lingni vahobiy deb qamatib yuboramiz», deb qo‘rqitishdi. Bir kunda ertalab soat 11.00 da uchastkani hokimlik tasarrufiga o‘tkazish haqida sud qarorini chiqarishdi. Hali bu qaror kuchga kirmay turib, ertasigayoq buzib tashlashdi. U yerda gulzorim, issiqxonalarim bor edi, farzandlarim, uchta oila shundan kun ko‘rayotgan edik», deydi Hotamov «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida.

U egalik huquqining nohaq buzilgani yuzasidan Prezident devoniga ham arz qilgan, biroq u yerda avval quyi sud mahkamasiga shikoyat qilishi lozimligini uqtirilgan.

«Sudga borsam, buning uchun boj ham to‘lashim kerakligini aytishdi. Ham uyimni buzisharkan, ham buning uchun pul ham to‘larkanman… Ha, endi foydasi yo‘q-da! Ular podsho-da endi, endi jallod ular, bilmayman endi nima qilishni», deya hasrat qiladi tayloqlik Norqul Hotamov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 aprel 2020
Har yili 10 aprel kuni o‘tadigan bu bayramning mohiyati fashizmga, diktaturaga bo‘ycunmaslik, tinch norozilik aktsiyalari, sabotaj, ba'zan esa qurolli ...
6 mart 2018
Chorak asrdan buyon paxtachilik va sanoatning u bilan bog‘liq tarmoqlari rivojlanmaydi. Chunki paxtaning asosiy qismi kimlarningdir orqasiga qo‘yishga ishlatilib ...
23 mart 2018
Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmda 21 mart kuni qozoq, turk, eron, o‘zbek, uyg‘ur diasporasi vakillari Navro‘z bayramini nishonlashdi. Navro‘z tadbiriga mezbonlik ...
7 mart 2020
O‘tgan yil oxirrog‘ida Moskvaga yo‘lim tushdi. Chumchuqtepada, universitetga yaqin Mosfilm ko‘chasida turdim. Eyr bin bin qilib. Yo‘llarda aku bilan ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...