Asosiy mavzular
4 avgust 2019

Aholi uylarini buzgan Urganch hokimi qamaladimi?

Prezident Mirziyoev 2 avgust kuni o‘tkazgan yig‘ilishda uylarni buzish ishlari bilan norozilik keltirib chiqargan hokimlarni uning siyosatiga xiyonat qilishda keskin aybladi.

«Mening siyosatimga eng katta dushmanlik qilganlardan biri – Xorazm viloyati hokimi janob Ermanov», dedi prezident.

Shavkat Mirziyoevning so‘zlariga ko‘ra, u Urganch shahri hokimi Shuhrat Abdullaevni jinoiy javobgarlikka tortmoqchi bo‘lganida aynan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov o‘rtaga tushgan.

«San juda «advokat bo‘lib» hokimni, shahar hokimini jinoiy javobgarlikka tortamiz, desam, bosh vazirimizdan iltimos qilib olib qolding. Mana, sening menga qilgan «do‘stliging!» deya ta'na qildi Mirziyoev Xorazm viloyati hokimiga.

Prezident Mirziyoev majlisda bosh vazir Abdulla Aripovga qaysi hokimga qanday chora ko‘rilishi haqida taklif tayyorlashni topshirdi.

Shuningdek, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziev, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievni Internetda chiqish qilib, aybni bo‘yinlariga olib, eldan kechirim so‘rashlarini talab qildi.

«Internetga chiqib, butun elga aytsin: Mening ahmoqligim uchun O‘zbekistonni unday deb o‘ylamanglar, men ahmoqman, men xiyonat qilganman, deb. Millat emas, mamlakat emas, davlat emas, deb. Kerak bo‘lsa, o‘sha blogerlarni yig‘sin hammasini, blogerlarga o‘zlari hisobot berishsin», – deya buyurdi mulozimlariga prezident Mirziyoev.

«Eltuz» nashri shu yil 27 iyulga o‘tar kechasi Urganch shahrining Ashxobod mahallasidagi uylari buzilgan va tovon puli berilmaganidan g‘azabga to‘lgan xalq g‘alayon ko‘targani haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 aprel 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg‘izistonga tashrifi paytida unga suiqasd qilishda ayblanib, 15 yilga qamalgan 30 yashar Dostonbekning otasi Xursandbek ...
5 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surhondaryo, Toshkent va O‘zbekistonning Qozog‘iston hamda ...
20 iyun 2018
Siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 2003 yilning bahorida «Sangorod»ga etap qilinadi. «Asli davolanish muassasasi bo‘lishiga qaramay, bu zonada etapni kutib ...
30 yanvar 2017
Davlat raxbari iqtisodiy muammolar haqida bot-bot gapirmoqda. Hukumatdagi vazirlarni, katta amaldorlarni xalq dardini eshitmaslikda ayblab so‘kmoqda. Mamlakatga chet-el sarmoyasi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...