chorshanba,
18 dekabr 2024
10 sentyabr 2019
Asakada bemorning yaqinlari shifokorni kaltakladi
Shu yilning 6 sentyabr kuni Asaka tumanidagi tez yordam bo‘limiga keltirilgan bemorning yaqinlaridan biri shifokorni kaltakladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, tuman vrachlari tez yordam bo‘limiga qarashli «Sharq haqiqati» shoxobchasiga og‘ir tan jarohati bilan keltirilgan bemorga birinchi yordam ko‘rsatishgan.
Keyin voqea haqida tuman IIBga xabar berishgan. Asnoda kasalning yaqinlari bilan janjal kelib chiqqan.
Vazirlikka ko‘ra, fuqaro S.N. tez yordam feldsheri B. Gadoevning burniga boshi bilan zarba bergan, shifokorning burni singan, tirsagi, tizzasi va jag‘i lat yetgan.
Shuningdek, vazirlik sayti shifokorni kaltaklash chog‘i tez yordam mashinasiga ham ziyon yetganini bildirgan.
Rassom Tuz
Eltuz.com