Asosiy mavzular
16 sentyabr 2019

Diniy siyosatda nima gap?

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston diniy siyosatida qandaydir o‘zgarishlardan darak berishga ishoralar paydo bo‘lmoqda. 

Lekin bo‘layotgan ishoralar siyosatda emas, balki diniy boshqaruvdagi qandaydir tubdan yangilanishlar darakchisi ham bo‘lishi mumkin.

Mamlakatda avvaliga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akromov, uning o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgandi.

Keyinchalik Nuriymon Abulhasanning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi. U Ichki ishlar vazirligiga, ya'ni terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasiga ishga o‘tkazildi. 

Qo‘mita raisligiga esa ilgari Davlat xavfsizlik xizmati tizimida ishlagan Abdug‘ofur Ahmedov tayinlandi. Unga o‘rinbosarlikka kelgan Dilshod Eshnaev ham shu tizimdan chiqqan.

Ayni shu o‘zgarishlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning asl maqsadi diniy munosabatlarni tartibga solish emas, balki diniy ekstremizm, terrorizm kabi illatlarga qarshi kurashishni ko‘zlashini yaqqol ko‘rsatib beradi. 

Bu voqealardan sal o‘tib O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Ammo muftiyatga yaqin sayt – “Azon.uz” birinchi bo‘lib tarqatgan bu xabar tasdiqlanmagani ortidan uning bosh muharriri ishdan haydaldi. 

Keyin esa muftiyning o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston islom tsivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosarligiga o‘tkazildi. 

Xo‘sh, O‘zbekiston diniy boshqaruvidagi bu o‘zgarishlar nimadan darak berishi mumkin? 

Sohaga aloqador manbalardan birining “Eltuz”ga bildirishicha, 10 sentyabr kuni prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Xalqaro islom akademiyasida din sohasi mavzuidagi yig‘ilish juda tanqidiy ruhda o‘tgan. 

“Bizning eshitishimizcha, muftiyatning ishlari haqiqatan ham qoniqarsiz topilgan. U yerda muftiy ishdan bo‘shadi, uning o‘rniga falonchi tayinlanadi, degan kayfiyatdagi gaplar ham bo‘lgan. 

Lekin prezident ilgari Samarqandda o‘zi bilan birga ishlagan muftiyning ishdan bo‘shashiga ko‘nmagan ko‘rinadi. Xuddi kinodagi kabi u “Sal shoshibsizlar-da”, degan bo‘lishi ham mumkin. 

Shuning uchun muftiyni o‘zgartirish masalasi keyinroqqa qoldirilgan bo‘lishi ehtimoli katta”, dedi “Eltuz”ning manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakatning diniy boshqaruvidagi bunday keskin kadrlar o‘zgarishlarining o‘zi prezident bu sohadagi ishlardan norozi ekanidan dalolat beradi. 

“Bu norozilik nimalarda namoyon bo‘lishini biz hozircha bilmaymiz. Ammo bir narsa aniqki, O‘zbekistonda diniy siyosatning yo‘nalishi terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan.

Boshqa tomondan, so‘nggi vaqtlarda prezidentning bu siyosatni diniy ma'rifat asosida qurishga intilishini ko‘ryapmiz”, dedi manba.

O‘zbekistonning avvalgi hukumati ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashishni har doim din bilan bog‘lab amalga oshirib kelgan.

Yaqinda O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev marhum prezident Islom Karimovning terrorga qarshi kurashi o‘zini oqlamaganini tan olgandi. 

“Eltuz” hamkori

Tag‘in o‘qing
8 may 2015
Ishdan bo‘shatilgan Lenta.ru axborot saytining bosh muharriri Galina Timchenko o‘z kasbini pitstsa tarqatuvchining ishi bilan qiyosladi. Agar pitstsada murch ...
22 oktyabr 2021
O‘g‘il nevarasini qo‘rqitib, muntazam zo‘rlagan toshkentlik amaki haqida video tarqaldi. Bu amaki «nojo‘ya jinsiy harakat qilgani» uchun jarimaga tortiladi, ...
15 oktyabr 2019
Eltuz nashri «Yozarning sasi» ruknida o‘zbekistonlik taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva fikrlarini e'tiboringizga taqdim etadi: «Gorbachyovning oshkoralik siyosati barchamizning ko‘zimizni ...
26 aprel 2022
Toshkentdagi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi binosi hovlisi devorida 26 aprel kuni O‘zbekistondagi korruptsiya hajv qilingan yangi rasm paydo bo‘ldi. ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...