Asosiy mavzular
17 mart 2020

Koronavirus tujjorlar cho‘ntagini qappaytirdi

O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi kirib kelgani bois joriy yilning 16 martidan karantin e'lon qilinishi bilan mamlakat bӯylab narx-navo oshishi kuzatildi.

Katta supermarketlarda, dӯkonlarda, bozorlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, dorixonalarda esa oddiy niqoblar, shuningdek, taksi xizmatlari narxi keskin oshib ketdi.

Viloyatlarga qatnaydigan taksi haydovchilari yӯl haqini 100 va undan kӯp foiz oshirib yuborgani kuzatildi.

Masalan, Toshkent-Andijon yӯnalishi bӯyicha qatnovchi taksilar yӯl haqini 80 ming sӯmdan 200 ming sӯmga, Farg‘ona taksichilari 70 ming sӯmdan 200 ming sӯmga, qӯqonlik taksi haydovchilari esa 55 ming sӯmdan 150 ming sӯmga oshirishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqelik keskin munozaralarga sabab bo‘ldi.

«Eltuz» muxbiri ushbu vaziyat bo‘yicha Ӯzbekiston Davlat soliq qӯmitasi raisining birinchi ӯrinbosari Abdulla Azizovga murojaat qildi.

«Eltuz» muxbirining «Qӯmita narx-navo oshishiga qarshi qanday chora-tadbirlar kӯrmoqda?» degan savoliga Abdulla Azizov narxlarni ӯzboshimchalik bilan oshirishning oldini olish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari boshchiligida ishchi guruh tuzilganini ta'kidladi.

Azizovning «Eltuz»ga bildirishicha, bu guruhlar dehqon bozorlari va supermarketlarda hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazuvchi sub'ektlarda bevosita monitoring o‘tkazmoqda.

Shu bilan birga, garchi aholi iste'moli uchun oziq-ovqat va mahsulotlar yetarli darajada bӯlsa-da, odamlar dehqon bozorlari va do‘konlar peshtaxtalaridan mahsulotlarni iste'mol me'yoridan ko‘p hajmda xarid qilib, ayrim insofsiz tadbirkorlik sub'ektlari tegirmoniga suv quyishiga, bilib-bilmagan holda narxlarni oshirib yuborishga sababchi bӯlib qolishmoqda.

«Ӯzim Toshkentdagi «Eski juva» va «Askiya» dehqon bozorlarida uch soat davomida monitoring ӯtkazdim. Kӯpchilikka vaziyatni tӯg‘ri tushuntirganimdan keyin xarid qilishga chog‘langan xaridorlar 10 kg kartoshka ӯrniga 5 kg.dan kartoshka sotib oldi. Hozir hammamiz birga ishlab, odamlarni tinchlantirishimiz kerak», dedi Azizov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 yanvar 2016
Prezidentlikni xohlamasangiz, birinchi xonimlikka nima deysiz? Sputnik internet nashri O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova Instagram dagi rasmiy sahifasida ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
13 oktyabr 2015
Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanayotganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham yomon ...
11 dekabr 2019
Muhammad Solih hayotiga bag‘ishlangan “Begona” filmining 6-qismida suhbat asnosida adib o‘zi siyosiy surgunda qolayotgan Turkiya unga begona emasligi, Turkiya ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...