• Foto: The Daily Telegraph
Asosiy mavzular
4 may 2020

Xitoy yangi koronavirus infektsiyasiga oid ma'lumotlarni atay yashirgan va yo‘q qilgan

Avstraliyaning The Daily Telegraph gazetasi “Besh ko‘zli” (Unga AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk britaniya kiradi) razvedka ittifoqi hisobotining sharhini nashr etdi.

Xorijiy razvedka hisoboti tasdig‘iga ko‘ra, Xitoy hukumati shifokorlarni virus haqida gapirmaslikka majburlagan, laboratoriyalardagi biomateriallarni yo‘q qilgan, vaktsina yaratish ustida ish olib borayotgan xalqaro mutaxassislarga namunalarni berishdan bosh tortgan.

XXR (Xitoy Xalq respublikasi) koronavirus odamdan odamga yuqishi haqida xabar bermagan, garchi xitoylik olimlarga bu haqda 2019 yil dekabr oyining boshidayoq ma'lum bo‘lgan. Ammo rasmiylar buni faqat 20 yanvar kuni rasman tan olishdi, deb yozadi gazeta.

Maxsus xizmatlar koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risidagi fikrlarda ziddiyatga duch kelishdi. SARS-CoVga o‘xshash (COVID-19 yuqumli kasalligini keltirib chiqaruvchi) virusning namunalari 2013 yilda Uxan virusologiya instituti professori Shi Chjenli tomonidan topilgan. Keyinchalik olimlar laboratoriya sharoitida virus sintezi ustida ish olib borishgan.

AQSh razvedkasi virus laboratoriyadan chiqib tarqalgan, degan versiyaga suyanmoqda. Amerikaning Fox News telekanali  «ilk bemor» aynan Uxandagi virusologiya instituti xodimi bo‘lganini bildirdi. Avstraliya razvedkasi esa koronavirusning tabiiy kelib chiqqani haqidagi Xitoy versiyasini yoqlamoqda.

G‘oyib bo‘lgan laboratoriya xodimi 

Koronavirus haqida gapirganlaridan yoki Xitoy hukumatini tanqid qilishganidan keyin  ko‘plab shifokorlar, faollar, jurnalistlar va olimlar sirli g‘oyib bo‘lishdi, shular orasida Xuan Yan Ling (Huang Yan Ling) qismati ayniqsa xavotirli va e'tiborni tortadi.

Xuan Yan Ling Uxan virusologiya institutida tadqiqotchi bo‘lib ishlagan. Gonkongda chiqadigan South China Morning Post gazetasi, Xitoyning ijtimoiy tarmoqlarida u kasal bo‘lgan «patient zero» (ilk bemor) ekanligi haqida gap tarqalgani haqida yozdi.

Keyinchalik Xuan Yan Ling g‘oyib bo‘ldi va uning tarjimai holi va fotosurati Uxan virusologiya instituti veb-saytidan o‘chirildi.

16 fevral kuni institut uning «patient zero» bo‘lganini inkor etib, Xuan Yan Ling tirik va soppa-sog‘ ekanini aytdi. Ammo shundan beri uning tirikligi to‘g‘risida biror dalil topilmadi, bu esa yanada kattaroq shubhalar uyg‘otdi.

COVID-19 haqidagi ma'lumotlarning yashirilishiga oid asosiy sanalar

2015 yil 9 noyabr:

Uxan virusologiya instituti laboratoriyada SARS-CoV virusiga asoslangan yangi virus yaratilgani haqidagi tadqiqotni e'lon qildi.

2019 yil 6 dekabr:

Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoriga aloqador shaxsda pnevmoniyaga o‘xshash alomatlar tashxisi paydo bo‘lganidan besh kun o‘tib, uning xotini ham shu kasalga uchradi. Bu esa virusning odamdan odamga yuqishini ko‘rsatdi.

27 dekabr:

Xitoy sog‘liqni saqlash idorasi yangi koronavirus kasalligining avj olgani, bu paytga kelib 180 ga yaqin kishi kasallangani haqida xabar berdi.

31 dekabr:

Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlardagi «Uxandagi noma'lum pnevmoniya» (Wuhan Unknown Pneumonia) kabi pisandalarni tsenzura qila boshladi.

2020 yil 1 yanvar:

Uxandagi yangi virus haqida ogohlantirgan sakkizta shifokor hibsga olindi va sudlandi.

3 yanvar:

Xitoy sog‘liqni saqlash oliy organi «Gag order» (ma'lumot yoki sharhning ommaga oshkor qilinishi yoki uchinchi tomonga berilishini cheklaydigan buyruq) chiqardi.

5 yanvar:

Uxan shahri sog‘liqni saqlash komissiyasi kasallik holatlari haqidagi har kungi yangi holatlarning nashr etilishini to‘xtatdi. Bu 18 yanvargacha davom etdi.

12 yanvar:

Professor Chjan Yongzen (Zhang Yongzhen)ning Shanxaydagi laboratoriyasi rasmiylar tomonidan «tuzatish» uchun yopildi, bu voqea u ilk bor genom ketma-ketligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qilganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.

6 fevral:

Xitoy internet nazoratchilari ijtimoiy media platformalari ustidan nazoratni kuchaytirdi.

9 fevral:

Bloger va mahalliy biznesmen Fang Bin (Fang Bin) yo‘qoldi.

17 aprel:

Uxandagi o‘lim holatlariga oid rasmiy statistika raqamlari kechiktirilgan holda o‘zgartirilib, 1290 holatga ko‘paytirildi.

Suratda: Shi Chjengli (Shi Zhengli), Xitoy Fanlar akademiyasi Uxan virusologiya institutining Yangi yuqumli kasalliklar markazi direktori, 2006 yilda Avstraliyada ishlagan.

Foto va maqola: «The Daily Telegraph” saytidan olindi.

«Eltuz» tarjimasi.

Tag‘in o‘qing
24 sentyabr 2015
O‘zi mustaqillikdan keyin tug‘ilgan, majburlikdan Rossiyaga ishlash uchun kelgan yosh yurtdoshimiz «SSSR davrida hammasi yaxshi edi» dedi yarim alam ...
4 iyul 2016
O‘zbekistonda keyingi o‘n yilda aholiga majburiy singdirilib kelinayotgan naqd pulsiz to‘lov tizimi, hukumatning naqd va elektron pul o‘rtasidagi tafovutni ...
20 iyul 2016
O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilovning o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqeani ayta turib, Toshkentga viloyatdan kelayotganlarni uyat gap bilan so‘kkanini ...
12 fevral 2021
Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli bo‘lgan 40 yoshli bloger Otabek Sattoriy ishi ancha shov-shuv, munozara va e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu voqeaga nafaqat mahalliy, ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...