Kundalik
10 avgust 2020

Jurnalist Bobomurod Abdullaev hibsga olindi

O‘zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullaev joriy yilning 9 avgust kechasi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan Bishkekda qo‘lga olindi.

“Eltuz” olgan ma'lumotlarga ko‘ra, Abdullaevni Bishkek kafelaridan birida ushlashgan. 10 avgust kuni Bishkekda unga ehtiyot chorasi belgilash yuzasidan sud bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jurnalist Abdullaev Qirg‘izistonga Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti taklifi bilan 4 oylik o‘qishga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, jurnalist Bobomurod Abdullaev 2017 yilning 27 sentyabrida MXX tomonidan hibsga olinib, o‘z jurnalistik faoliyati uchun tergov qilingan.

Sudda u Usmon Haqnazarov taxallusi ostidagi aksariyat maqolalar muallifi ekanini tan olgan, biroq maqolalarda davlat to‘ntarishiga chaqiriq bo‘lganini rad etgan.

Shu bilan birga, u tergov davomida o‘ziga nisbatan qiynoq qo‘llanilganini qayd etgan.

2018 yilning 7 mayida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudi Bobomurod Abdullaevni Jinoyat kodeksining 159- moddasi 1- qismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topib, 3 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb etish jazosi tayinlagan va sud zalidan ozod qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2015
O‘zbekistonda odamlarning qullarcha majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlardan keyin, har safar bu xabarlarni yetkazganlarga qarshi kampaniya tashkil etiladi. ...
20 may 2016
O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni “to‘lqinlantirib” yubordi. Har holda ...
19 oktyabr 2019
Rassom Tuz Eltuz.com
22 iyun 2020
Yevropadagi eng nufuzli gazetalardan biri, Tsyurixda chop etiladigan Neue Zürcher Zeitung o‘tgan haftada o‘zbek paxtasi, majburiy mehnat va O‘zbekiston ...
Bloglar
13 aprel 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni ...
11 aprel 2021
«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir ...
8 aprel 2021
2010 yil 7 aprel kuni o‘z qarorlari bilan oziq-ovqat va kommunal xizmatlar uchun narx-navoni mislsiz ...