Asosiy mavzular
21 sentyabr 2020

O‘zbek TV AQSh kinosini “ma'naviyat” ramkasiga tiqib, ayollarni kamsitdi

Ayollar diskriminatsiyasi va gender tenglikka qarshi harakatlar avval masjidlarda, ichki ishlar xodimlari orasida (ayollarni yechintirib, to‘dalashib tomosha qilib videoga olishlar), keyin TV kanallarimizda allaqachon boshlanib bo‘lgan edi.

Ayollar qanday kiyinib, qanday o‘tirib, qanday gapirishi kerakligi-yu, sochini qaerigacha o‘stirib, qaerini berkitishgacha diniy ma'ruza-yu, disk va kitoblar shu darajada ko‘payib ketgan edi-ki, bundan odamning ko‘ngli ayniyotgan edi.

TV da esa taxminan bir yil oldin bir holatga e'tibor berdim. Chet el kino va seriallariga ovoz berilayotganda erkakka ayolni sensiratib, ayolga esa erkakni sizlatib ovoz berishyapti.

Kino AQShniki!!! Ayol va erkak shunchaki hamkasblar!!! Yosh bir xil!! Lekin ayol erkakka «aka» deb, sizlab murojaat qilyapti. Erkak esa uni sensirab gaplashyapti))). Va kinoning oxirigicha shu ahvol.

Boshqa kanallarda ham ayni shu holat, chet el kinosimi, o‘zimiznikimi, farqi yo‘q. Hammasida ayol erkakni sizlayapti, erkak molga o‘xshab ayolni sansirayapti (e'tibor bermaganlar, bir kuzating). «Munosabat» ko‘rsatuvi ham bunga bir misol.

Bu nima? Yangicha ma'naviyatmi? O‘zTVga bunaqa o‘ta ilg‘or g‘oyalarni kim beradi?

O‘zi yigiti yoki erini sizlash, uyam yetmagandek, uni «aka» deyishdek g‘alati odat faqat bitta bizda bor.

Qozoq, turkman, turklarda, hatto arablarda ham yo‘q bu odat (yosh o‘rtasida katta farq bo‘lsa ham).

Mayli, bizda nimadir bo‘lib, shu odat erkak va ayol munosabatlariga shartli omil bo‘lib kirib qolgan, lekin chet eldagi yo‘q narsani bizga bor qilib ko‘rsatishning nima keragi bor?

Erkak kishiga ishontirilyaptimi? Lekin oxirgi voqealar (Mustahkamni himoya qilish) ayollar uchun ko‘proq ayollar kurashayotganini ko‘rsatdi.

Erkaklarni doim hurmat qilish va ularga doim itoatda bo‘lish kerakligi uqtirilmoqdami?

Lekin natija teskari.

Yoki gender tenglik kimlargadir juda-juda yoqmayaptimi?

Yuritilayotgan siyosatga zid, tushunarsiz va bachkana holat va u avj olyapti.

Nodira Musa Ismoil

Bloger

Tag‘in o‘qing
8 aprel 2019
So‘nggi vaqtlarda tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli bo‘lgan mulkning Milliy gvardiya foydasiga tortib olinayotgani bilan bog‘liq ikkita mojaro kuzatildi. Bularning birinchisi ...
27 aprel 2016
Bugun eltuz.com o‘zining kun karikaturasi ruknida tag‘in musavvir Elsevar chizgan yangi rasmni taqdim etadi. Bu safar rassom keksa yoshdagi ...
9 iyul 2019
Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi uchrashuvida Vestminster universitetining 3-kurs talabasiga turizm vaziri o‘rinbosari bo‘lishni taklif qildi. O‘zini Saidakbarxon deya ...
3 yanvar 2017
Turk matbuotiga ko‘ra, terrorchi xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan. Matbuot ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...